Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganlarida
www.ziyouz.com kutubxonasi
8 «Ash-shayxu vash-shayxotu iza zanaya farjumuhuma» kabi mansux oyatlarni ham o’qishlari mumkin. Agar suv topa olishmasa, tayammum qilib, Qur’on tilovat qilishlari joiz. Bundan keyin tahorat buzilsa-da, qiroat qilish mumkin. Shu singari g’usl va tayammumdan keyin tahorat ketganida ham qiroat qilinaveradi. Ba’zi sohiblarimiz: «Muqim (ya’ni, o’z yurtida bo’lgan) kishi tayammum bilan namoz o’qisa, faqat namozda qiroat qilishi joiz. Ammo namozdan tashqarida mumkin emas. Safarda bo’lsa, joiz», deyishadi. Lekin yuqorida aytganimiz to’g’riroqdir. Chunki tayammum ham g’usl o’rniga o’tadi. Agar junub kishi tayammum qilib, keyin suvga yetishsa, g’usl qilishi lozim bo’lib, tayammumi bilan qiroat etishi haromdir. Agar endi tayammum qilib, namoz o’qisa va unda qiroat qilsa, so’ng tayammumi buzilib, yangidan tayammum qilsa, unga qiroat harom bo’lmaydi. Bundan boshqa fikrlar ham bor, lekin ular zaifdir. Agar junub kishi suv ham, tuproq ham topa olmasa, vaqt-ni g’animat bilib, namoz o’qisa, faqat namoz ichida qiroat qilishi joiz. Shunda ham Fotiha surasidan ortig’ini o’qimaydi. Fasl: Zikr qilayotgan kishi ishiga jiddiy qarashi lozim. Agar bir joyda o’tirgan bo’lsa, qiblaga yuzlanib, o’zini xokisor tutib, xushu’, sokinlik va viqor bilan boshini egib o’tiradi. Bundan boshqacha o’tirishning bir oz karohiyati bor. Agar uzrsiz holda mana shu ishlarni tark etsa, afzal narsani qilmagan bo’ladi. Komil sifatlarga amal qilmaslikning karohiyati yo’qligiga quyidagi oyat va hadislarni dalil qilib keltirishadi: «Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun alomatlar borligi shubhasizdir. Ular turganlarida ham, o’tirganlarida ham, yotganlarida ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qiladilar...» (Oli Imron, 190 – 191-oyatlar). Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh men hayz ko’rgan paytimda tizzamga suyanib, Qur’on o’qir edilar». Imom Buxoriy rivoyat qilganlar. Muslimning rivoyatlarida esa: «Men hayzlik paytimda boshlarini tizzamga qo’yib», deb kelgan. Yana Oisha (r.a.) aytadilar: «Kundalik zikr vazifalarimni to’shagimga suyanib o’qir edim». Fasl: Zikr qilinadigan makon xoli, pok bo’lishi lozim. Chunki zikrni va zikr qilinajak Allohni hurmat qilishda ajr ko’pdir. Shuning uchun zikr masjidda va ulug’ maskanlarda bo’lishi afzal ko’riladi. Ulug’ imom Abu Maysara: «Alloh faqat pok makonda zikr qilinadi», deb aytganlar. Yana bir sharti og’iz toza bo’lishi kerak. Agar og’izda biror o’zgarish bo’lsa, misvok bilan ketkaziladi, yomon narsalar bo’lsa, suv bilan yuvib tashlanadi. Mabodo, og’iz yuvilmasdan Alloh zikr qilinsa, makruhdir, ammo harom emas. Og’iz tozalanmasdan turib, Qur’on o’qish ham makruh. Fasl: Zikr qilish shariat istisno qilgan o’rinlardan boshqa har qanday holatda mahbub amaldir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling