Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Fasl: Iqomat faqat namozga kirilayotganda aytiladi, azon esa, namoz vaqti kirganda
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Fasl: Iqomat faqat namozga kirilayotganda aytiladi, azon esa, namoz vaqti kirganda.
27-bob. Azon va iqomatni eshitganda aytiladigan zikrlar Azon va iqomatni eshitgan kishi muazzin nima desa, o’shani takrorlaydi. Faqat «Hayya ‘alal solah, Hayya ‘alal falah», deganda: «La havla va la quvvata illa billah», deb aytadi. «Assolatu xoyrum minan navm», desa: «sodaqta va barorta» yoki «sodaqa rosululloh assolatu xoyrum minan navm», deydi. Agar «qod qomatis solah», desa: «aqomahallohu va adamaha», deydi. Agar «ashhadu anna Muhammadar rosululloh», desa, «va ana ashhadu anna Muxammadar rosululloh», deb, ortidan: «roziytu billahi robban va biMuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosulan va bilIslami diyna», deydi. Azonning hammasini eshitib bo’lganidan keyin Rasulullohga salovot aytib, ortidan mana bu duoni o’qiydi: «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah vab’as-hu maqomam mahmudanillaziy va’adtah» (Ey bu komil duoning va qoim bo’lgan namozning egasi--Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber, u zotni va’da qilganing maqtovli maqomda tiriltir). So’ngra xohlaganicha dunyoviy va uxroviy duolarni qilaveradi. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 30 84/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o’shani aytinglar», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 85/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek aytinglar. So’ngra menga salovot yo’llanglar. Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so’ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men bo’lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so’rasa, unga shafoatim nasib etadi», dedilar. Muslim rivoyatlari 86/3. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, eshituvchi ham: «Allohu akbar, Allohu akbar», desa, «Ashhadu alla ilaha illalloh», deganida, «Ashhadu alla ilaha illalloh», deb takrorlasa, «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deganida, u ham «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh»ni aytsa, «Hayya ‘alas solah», deganida, «La havla va la quvvata illa billah», desa, «Hayya ‘alal falah», deganida ham, «La havla va la quvvata illa billah»ni aytsa, «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, «Allohu akbar, Allohu akbar», desa, «La ilaha illalloh», deganida, «La ilaha illalloh», deb qalbdan aytsa, jannatga kiradi». Muslim rivoyatlari 87/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallam rosulan va bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi». Boshqa rivoyatda: «Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari 88/5. Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deb aytgan ovozini eshitsalar, «Men ham, men ham shahodat keltiraman», deb aytar edilar». Imom Abu Dovud rivoyatlari 89/6. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim azon eshitganida, «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah», desa, unga shafoatim hosil bo’ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 90/7. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning «Hayya ‘alal falah», deganini eshitsalar: «Allohummaj’alna muflihiyn», der edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, bizlarni najot topganlardan qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling