Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
alayhi
vasallam, a’uzu bika minan nar». «A’uzu bika minan nar»ni uch marta aytdilar.
(Ma’nosi: Ey Jabroil, Isrofil, Mikoil va Muhammad alayhissalomning robbi bo’lgan
Allohim, Sendan do’zaxdan panoh berishingni so’rayman.)
Ibn Sunniy rivoyatlari
97/2. Anas (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni
ertalabki namozdan oldin:
«Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh»,
deb uch marta
aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi»,
dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatiga ega bo’lgan Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga
istig’for aytib, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
30-bob. Safga tizilgandan keyin o’qiladigan duo
98/1. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Bir kishi namozga keldi.
Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam namozni boshlagan edilar. U kishi safga turganidan keyin:
«Allohumma atiniy afzola ma tu’tiy ‘ibadakas solihiyn» (Ey Rabbim, menga solih
bandalaringga beradigan narsalaringning eng afzalini ber), dedi.
Rasululloh alayhissalom
namozni tugatganlaridan so’ng: «Hozirgi gapirgan kim?» dedilar. Haligi kishi: «Men, ey
Rasululloh», deb javob berdi. Shunda Rasululloh alayhissalom: «Oting o’ldirilib, o’zing
Alloh yo’lida shahid bo’lasan», dedilar. Ibn Sunniy va Nasoiy rivoyatlari
Buxoriy ham tarix kitoblarida Muhammad ibn Muslimning tarjimai holida
shu rivoyatni
keltirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: