Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-bob. Azonning fazilati
etish yoki la’natlash
76/1. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yo’qolgan narsasini masjidda ovoza qilib, axtarilishini so’ragan kishini eshitib qolsa, «Alloh uni senga qaytarmasin, deb aytsin. Albatta, masjidlar buning uchun qurilmagan», deb tayinlaganlar». Imom Muslim rivoyatlari 77/2. Burayda (r.a.) aytadilar: «Bir kishi masjidda: «Kim menga yo’qolgan qizil tuyamni olib keladi?» dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Topa olma. Masjidlar nima uchun qurilgan bo’lsa, o’shanga asoslangandir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari 78/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Masjidda oldi-sotdi qilayotgan kishini ko’rsanglar, Alloh tijoratingga foyda bermasin, deb aytinglar. Yo’qolgan narsasini ovoza qilib, axtarilishini so’raganni ko’rsanglar, Alloh senga qaytarmasin, denglar». Imom Termiziy rivoyatlari 23-bob. Masjidda islomiy va axloqiy bo’lmagan she’rlarni aytgan kishini la’natlash Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 28 79/1. Savbon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim masjidda she’r aytgan kishini ko’rsa, Alloh tishingni sindirsin, deb uch marta aytsin», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 24-bob. Azonning fazilati 80/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Agar insonlar azon bilan birinchi safda nima borligini bilganlarida, chek tashlab bo’lsa ham, unga erishar edilar», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 81/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar namozga azon aytilsa, shayton orqasidan yel chiqarib, to azon eshitilmaydigan yergacha qochadi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 82/3. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalomning: «Qiyomat kuni insonlarning eng bo’yni uzuni muazzinlardir», deganlarini eshitdim». Imom Muslim rivoyatlari 83/4. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muazzinning ovozini eshitgan ins ham, jin ham qiyomat kuni unga guvohlik beradi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Birodarlarimiz azonmi yoki imomlik afzalligi to’g’risida ixtilof qilishdi. Bu boradagi bahs to’rt fikrdan iborat bo’ldi: 1) azon aytish afzal; 2) imomlik afzal; 3) ularning maqomlari bir xil; 4) imomlik huquqini bilsa, imomlik afzal, bilmasa, azon afzal. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling