Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
hech kim kechira olmaydi. O’zingning huzuringdan bo’lgan mag’firat ila gunohlarimni 
kechir va menga rahm qil. Albatta, Sen kechirguvchi hamda rahmli zotsan.) Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari 
146/6. Abu Solih Zakvondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
bir kishiga: «Namozda qanday duo qilasan?» deb so’radilar. Haligi kishi: «Tashahhud 
o’qiyman va: 
«Allohumma inniy as`alukal jannata va a’uzu bika minannar» (Ey Rabbim, Sendan 
jannatni so’rayman va do’zaxdan panoh tilayman), deb aytaman. Ammo siz 
so’raganingizdek va panoh tilaganingizdek go’zal qilolmayman», dedi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Shunga yaqin qilib so’ra», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 
Har bir o’rinda «Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyah. Allohumma inniy as`alukal 
huda vattuqo val ‘ifafa val g’ina», deb aytish mustahab amaldir. (Ma’nosi: Ey Allohim
Sendan afv va ofiyatni so’rayman. Ey Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylikni 
so’rayman.) 
47-bob. Namozdan salom bilan chiqish 
Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir. 
Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib 
sanaladi. – Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham 
«Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi. 
 
48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi? 
147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa:
«Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa, 
erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda: 
«Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling