Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kech kirayotganida, tong otayotganida, oqshomda va peshin paytida Allohga tasbih aytinglar. Osmonlaru yerdagi hamdu sanolar U
www.ziyouz.com kutubxonasi
54 ma fiyhi va sharri ma ba’dah», deb aytsin. So’ngra kech kirganida ham xuddi shunday desin», dedilar. (Ma’nosi: Biz ham, mulk ham olamlar parvardigori Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Ey Rabbim, bu kunning yaxshisini, fath bo’lishini, g’alabasini, nurini, barakasini, hidoyatini so’rayman. Va Sendan bu kunning va bu kundan keyingisining yomonligidan panoh tilayman.) Abu Dovud rivoyatlari 187/18. Abdurahmon ibn Abu Bakra otalariga: «Ey otajon, har tongda uch marta va kechqurun uch marta: «Allohumma ‘afiniy fiy badaniy, Allohumma ‘afiniy fiy sam’iy, Allohumma ‘afiniy fiy basoriy, Allohumma inniy a’uzu bika minal kufri val faqri, Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobr, la ilaha illa anta» (Allohim, badanimni, qulog’imni va ko’zimni ofiyatda qil. Ey Rabbim, Sening noming ila kufrdan, kambag’allikdan va qabr azobidan panoh tilayman. Sendan boshqa iloh yo’q), deyayotganingizni eshitaman», dedilar. Abu Bakra (r.a.): «Men Rasulullohning shunday duo qilganlarini eshitganman va men u zotning sunnatlariga amal qilishni yaxshi ko’raman», deb javob berdilar. Abu Dovud rivoyatlari 188/19. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida: «Fasubhanallohi hiyna tumsuna va hiyna tusbihun. Va lahul hamdu fis samavati val arzi va ‘ashiyyan va hiyna tuzhirun. Yuxrijul hayya minal mayyiti va yuxrijul mayyita minal hayyi va yuhyil arza ba’da mavtiha va kazalika tuxrojun», deb aytsa, shu kungi yo’qotgan narsalarini topibdi. Kim bularni kechki payt aytsa, tunda yo’qotgan narsalarini topibdi», dedilar. (Ma’nosi: «Kech kirayotganida, tong otayotganida, oqshomda va peshin paytida Allohga tasbih aytinglar. Osmonlaru yerdagi hamdu sanolar U uchundir. U o’likdan tirikni va tirikdan o’likni chiqarur. Va yerni o’lganidan keyin tiriltirur. Sizlar ham mana shunday tiriltirursizlar» (Rum, 17 --19-oyatlar). Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qilganlar, lekin Imom Buxoriy uni «Tarixul-kabiyr» va «Kitobu zuafo» nomli kitoblarida zaif, deb aytganlar. 189/20. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining bittasidan rivoyat qilinadi. U zot qizlariga tong otganida: «Subhanallohi va bihamdihi, la quvvata illa billahi masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma», deb aytishni o’rgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza etiladi. (Ma’nosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman. Allohdan boshqada quvvat yo’q. Alloh xohlagan narsa bo’ladi. Xohlamagan narsa bo’lmaydi. Bilamanki, Alloh har bir narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.) Abu Dovud rivoyatlari 190/21. Abu Said Xudriy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirsalar, Abu Umoma degan ansoriy sahoba o’tirgan edilar. Rasululloh alayhisalom: «Ey Abu Umoma, namoz vaqtidan boshqa paytda masjidda o’tirganing boisi nima?» deb so’radilar. «Ey Rasululloh, meni g’am va qarz shu ahvolga solib qo’ydi», dedilar. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Senga bir duoni o’rgataymi? Ularni aytib yursang, Alloh g’amingni ketkazib, qarzingdan xalos etadi. Agar tong otsa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling