Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

behuda yaratdikmi?!) oyatini o’qishni buyurdilar (Mo’minlar surasi, 115-oyat). Biz shu 
oyatni o’qiganimizda, g’alaba qilib, g’animatlarni qo’lga kiritar edik». Ibn Sunniy 
rivoyatlari 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
195/26. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tong 
otsa va kech kirsa: 
[Allohumma as`aluka min faj`atil xoyri va a’uzu bika min faj`atish sharr», degan duoni 
o’qir edilar. (Ma’nosi: Allohim, to’satdan yaxshilik bo’lishini Sendan so’rayman va 
to’satdan yomonlik bo’lishidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
196/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom Fotimaga (r.a.): 
«Vasiyat qilgan narsamni eshitishdan seni nima to’sadi? Har tong va kechqurun:
«Ya hayyu ya qoyyumu bika astag’iysu faslih liy sha`niy kullahu va la takilniy ila nafsiy 
torfata ‘ayn», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo’lgan 
Zot, Sendan yordam so’rayman. Sha’nimni har bir narsada isloh et va ko’z yumib 
ochgunchalik muddat ham o’z holimga tashlab qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
197/28. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bir 
kishi ofat yetayotganidan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar tong ottirsang:
«Bismillahi ‘ala nafsiy va ahliy va maliy», deb ayt, shunda senga biror narsa yetmaydi», 
deya nasihat qildilar. Haligi kishi shu duoni o’qigan edi, undan ofatlar ko’tarildi». 
(Ma’nosi: Nafsimda, ahlimda va molimda Sening isming bilan boshlayman.) Ibn Sunniy 
zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
198/29. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam tong otsa:
«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ‘amalan mutaqobbala», 
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo’ladigan 
amal so’rayman.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 
199/30. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Tong otganida:
«Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ‘afiyatin va satrin faatimma ni’matika 
‘alayya va ‘afiyataka va satroka fiddunya val axiroh», deb uch marta va kechqurun uch 
marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi», 
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong 
ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo’lishni 
mukammal qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 
200/31. Zubayr ibn Avvomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Banda tong ottirsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Malik va quddus sifatli 
Allohni poklab yod etinglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Ey xaloyiq, malik va quddus sifatli Allohni poklab yod 
etinglar, deb bir jarchi jar soladi», deyilgan. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling