Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-bob. Juma tongida aytiladigan zikrlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
58 ekanini bilaman. Albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir. Ey Rabbim, nafsimning yomonligidan va peshonasidan tutadiganing har bir hayvonning yomonligidan Sening noming ila panoh tilayman. Albatta, ey Rabbim, Sening yo’ling to’g’ri yo’ldir.) Ibn Sunniy rivoyatlari Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan birining rivoyatida keltirilishicha, bir kishi u sahobaning oldlariga kelib, uyingiz yonib ketdi, deb xabar berganida, bu sahoba: «O’nishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, kimki tong otganda shu kalimalarni o’qisa nafsiga, ahliga, moliga yomon ko’rgan biror narsa yetmaydi, deganlarini eshitib, bugun shu kalimalarni o’qigan edim», dedilar. So’ngra u kishi bilan birga hovlisiga borishsa, hovli atrofi yonib, uyga zarar yetmagan ekan. 52-bob. Juma tongida aytiladigan zikrlar 206/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin: «Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar. (Ma’nosi: Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo’q va Unga istig’for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari Juma kuni quyosh chiqqandan boshlab, toinki quyosh botgungacha, ijobat soatiga yo’liqish umidida duo bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. Bu ijobat vaqti xususida ixtiloflar ko’p. Bularning eng to’g’risi Abu Muso Ash’ariy Rasulullohdan qilgan quyidagi rivoyatlaridir: «Albatta, u vaqt juma kuni imom minbarga o’tirishi bilan namozdan salom bergungacha bo’lgan payt oralig’idadir». Muslim rivoyatlari 53-bob. Quyosh chiqqanda aytiladigan zikrlar 207/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyosh chiqsa: «Alhamdu lillahillaziy jallalanal yavma ‘afiyatahu va jaa bish shamsi min matla’iha. Allohumma asbahtu ashhadu laka bima shahidta bihi linafsika va shahidat bihi malaikatuka va hamalatu ‘arshika va jamiy’u xolqika annaka antallohu la ilaha illa antal qoimu bilqist, la ilaha illa anta ‘aziyzul hakiym. Uktub shahadatiy ba’da shahadati malaikatika va ulil ‘ilm. Allohumma antas salamu va minkas salamu va ilaykas salamu as`aluka ya zal jalali val ikromi an tastajiyba lana da’vatana va an tu`tiyana rog’batana va an tug’niyana ‘amman ag’naytahu ‘anna min xolqik. Allohumma aslih liy diyniyallaziy huva ‘ismatu amriy va aslih liy dunyayallatiy fiyha ma’iyshatiy va aslih liy axirotiyallatiy ilayha munqolabiy», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Bugun bizga ofiyatini buyuk etgan va quyoshni chiqadigan tarafidan keltirgan Allohga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, tong ottirdim va o’zingga guvohlik bergan narsangga, farishtalaring, arshingni ko’tarib turuvchilar va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling