Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 yomonligiyu shirkidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati 239/23. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi to’shagiga yotaturib, Allohning kitobidan biror surani o’qisa, Alloh taolo unga bir farishtani vakil qilib qo’yadi. Farishta unga zarar beradigan narsani yaqinlashtirmaydi, qachon biror narsadan ogoh bo’lsa ogohlantiradi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 240/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi to’shagiga yotadigan bo’lsa, farishta va shayton musobaqalashadi. Farishta: «Ey Rabbim, yaxshilik bitgin», deydi. Shayton: «Yomonlik bitgin», deydi. Agar kishi Allohni zikr qilsa, so’ng uxlasa, farishta uni muhofaza qilgan holda tong ottiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 241/25. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom uyquga yonboshlasalar: «Allohumma bismika robbiy vazo’tu jambiy fag’firliy zanbiy», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening isming bilan yonboshimni qo’ydim. Mening gunohlarimni kechir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 242/26. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim to’shagiga pok holatda yotsa, to esnab uyqusi kelgunicha Allohni zikr qilsa va shu kechada Allohdan oxirat va dunyo yaxshiliklarini so’rasa, Alloh taolo unga yaxshilikni beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 243/27. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhissalom agar to’shaklariga yotmoqchi bo’lsalar: «Allohumma amti’niy bisam’iy va basoriy vaj’alhumal varisa minniy, vansurniy ‘ala ‘aduvviy va ariniy minhu sa`riy. Allohumma inniy a’uzu bika min g’olabatid dayni va minal ju’i fainnahu bi`saz zoji’», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, qulog’im va ko’zimni foydalanishim uchun qoldirib, ularni menga merosxo’r qil (ya’ni, o’lgunimcha, salomat qil) va dushmanlarimga qarshi menga yordam ber va o’ch olishni menga ko’rsat. Ey Rabbim, menga qarz g’olib kelishi va ochlikdan Sening noming ila panoh tilayman. Chunki ochlik yomon yotib qoladigan hamrohdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 244/28. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlaydigan bo’lsalar, qo’rqoqlikdan, dangasalikdan, malol ko’rishdan, baxillikdan, kibrdan, ahli va molidagi yomon ko’rinishdan, qabr azobidan, shayton va uning shirkidan panoh tilar edilar. Shu amallarini vafot etgunlaricha davom ettirdilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 245/29. Oisha onamizning (r.a.) o’zlari ham uxlamoqchi bo’lsalar: «Allohumma inniy as`aluka ru`ya solihatan, sodiqatan g’oyro kazibah, nafi’atan g’oyro zorroh», deb aytar edilar va so’ng hech bir so’z gapirmas edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan solih, yolg’on bo’lmagan, rostgo’y, zararli bo’lmagan, foydali tushni so’rayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling