Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 246/30. Ali (r.a.): «Aqlli kishining Baqara surasining oxirgi uch oyatini o’qimay uxlaganini ko’rmadim», deb aytar edilar. Abu Bakr ibn Abu Dovud sahih isnod ila rivoyat qilganlar. 247/31. Yana Ali (r.a.) aytadilar: «Islomga kirgan aqlli kishilarning Oyatul kursiyni o’qimasdan oldin uxlaganini ko’rmadim». Bu rivoyatni ham Abu Bakr ibn Abu Dovud naql qilganlar. 248/32. Ibrohim Naxaiy aytadilar: «Agar to’shaklariga yotadigan bo’lsalar, ikkita «Qul a’uzu»ni o’qishni o’rgatar edilar». Boshqa rivoyatda: «Har kecha uch martadan «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas»ni o’qish mustahab amal», deb sanardilar, deyiladi. Muslimning shartlariga binoan sahih. 61-bob. Allohni zikr qilmasdan uxlashning karohiyati 249/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir o’ringa o’tirib, Allohni zikr qilmasa, u kishiga Alloh tomonidan noqislik bordir. Kim bir suyanchiqqa yonboshlab, Allohni zikr qilmasa, Alloh tomonidan u kishi uchun ham noqislik bordir», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 62-bob. Kechasi uyg’onib, yana uxlashni xohlagan kishi aytadigan zikrlar Kechasi uyg’onadigan kishi ikki holatdan birida bo’ladi: yo uyg’onganidan keyin uxlamaydi (uning zikrlari kitob avvalida aytib o’tildi) yoki yana uxlashni xohlaydi. Bunda uyqu g’olib kelgunicha Alloh taoloni zikr qilish mustahab amaldir. Bu to’g’rida zikrlar juda ko’p. 250/1. Uboda ibn Somitdan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechasi uyg’onib, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr, valhamdu lillahi va subhanallohi va la ilaha illallohu vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah», yoki «Allohumma ig’fir liy», (ey Allohim, gunohlarimni kechir), desa yoki duo qilsa, ijobat bo’ladi. Agar tahorat olsa, o’qigan namozlari ham qabul qilinadi», dedilar. Imom Buxoriy va Termiziy rivoyatlari 251/2. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uyg’onsalar: «La ilaha illa anta subhanakallohumma astag’firuka lizambiy va as`aluka rohmatak. Allohumma zidniy ‘ilman va la tuzig’ qolbiy ba’da iz hadaytaniy va hab liy mil ladunka rohmatan innaka antal vahhab», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Sendan boshqa iloh yo’q. Ey Rabbim, Seni poklab yod eturman. Gunohlarimga istig’for aytaman. Sendan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling