Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
58-bob. Shom namozidan keyin aytiladigan duolar
213/1. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozidan forig’ bo’lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o’qir, so’ngra: «Ya muqollibal qulubi val`absor, sabbit qulubana ‘ala diynik», deb duo qilardilar. (Ma’nosi: Ey qalb va ko’zlarni o’zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 214/2. Ammora ibn Shubayldan (rahmatullohi alayh) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim shom namozidan keyin o’n marta «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyiy va yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Alloh taolo unga qo’riqchilarni yuboradi. U qo’riqchilar uni subhgacha kafillikka oladilar va Alloh unga o’nta yaxshilik yozadi, o’nta yomonlikni o’chiradi, unga o’nta mo’min qul ozod qilganning savobini beradi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 61 59-bob. Vitr namozida o’qiladigan va undan keyin aytiladigan narsalar 215/1. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitr namozida salom bersalar: «Subhanal malikil quddus», deb aytar edilar. Abu Dovud rivoyatlari Nasoiy va Ibn Sunniyning rivoyatlarida «Subhanal malikil quddus»ni uch marta aytishlari rivoyat qilingan. (Ma’nosi: Malik va quddus sifatli Alloh pokdir.) 216/2. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vitrlarining oxirida: «Allohumma inniy a’uzu birizoka min saxotika va a’uzu bimu’afatika min ‘uqubatika va a’uzu bika la uxsiy sana`an ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsik», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening roziliging ila g’azabingdan panoh tilayman, ofiyating ila uqubatingdan panoh tilayman, Senga sano ayta olmaslikdan panoh tilayman. Sen o’zingga sano aytganingdeksan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Uch rak’atli vitr namozini o’qiyotgan kishi avvalgi rak’atda «Fotiha» surasidan keyin «Sabbihisma robbikal a’la» surasini, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» surasini, uchinchi rak’atda esa, «Qul huvallohu ahad», yoki Falaq va Nos suralarini o’qish sunnat amaldir. Agar «Sabbihisma robbikal a’la» ni avvalgi rak’atda o’qishni unutsa, ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» bilan birga qo’shib o’qiydi. Agar ikkinchi rak’atda «Qul ya ayyuhal kafirun» ni o’qishni unutsa, uchinchi rak’atda «Qul huvallohu ahad» yoki Falaq va Nos suralariga qo’shib o’qiydi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling