Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Odatlanilgan vazifa va virdlarni bajarmasdan uxlab qolgan kishi haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fasl: Qur’onni mahkam tutish va uni unutishdan ehtiyot bo’lish to’g’risida
Odatlanilgan vazifa va virdlarni bajarmasdan uxlab qolgan kishi haqida
277/8. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kechasidagi vazifalarini yoki ulardan birortasini bajarmasdan uxlab qolsa, so’ng ularni bomdod namozi bilan peshin orasida o’qib olsa, go’yo kechasi o’qigandek bo’ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari Fasl: Qur’onni mahkam tutish va uni unutishdan ehtiyot bo’lish to’g’risida 278/9. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’onni yodlagandan keyin mahkam tutinglar. Muhammadning nafsi qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, Qur’on arqoni yechilgan tuyaning qochganidan ham qattiqroq qochadi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 279/10. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qur’on sohibi (ya’ni, uni yod olgan kishi) bog’lab qo’yilgan tuyaga o’xshaydi. Agar uni mahkam tutsang, o’rnida turadi. Agar bo’sh qo’ysang, ketib qoladi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 280/11. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatimning savoblari ko’rsatildi. Bularning ichida kishi masjiddan chiqarib tashlagan axlatlar (uchun olgan savobi) ham bor edi. Yana menga ummatimning gunohlari ko’rsatildi. Bir kishiga Qur’ondan biror sura yoki oyat berilganidan so’ng, uni unutib yuborganidan kattaroq gunohni ko’rmadim», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 281/12. Sa’d ibn Ubodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qur’onni o’qib, so’ng uni unutib yuborsa, qiyomat kuni Alloh taologa qo’li kesik holda yo’liqadi», dedilar. Abu Dovud va Doramiy rivoyatlari Fasl: Qur’on o’quvchi kishi undagi odoblarga ahamiyat berishi lozim. Avvalo, qiroatida ixlosli bo’lish va u bilan Allohning roziligini talab qilish, boshqa narsani maqsad qilmaslik, Qur’on xulqi bilan xulqlanish, zehnni bir joyga qo’yib, undagi ma’nolarni tadabbur qilish talab etiladi. Qur’on tilovat qilayotganda Allohga murojaat qilayotganini va Uni ko’rib turgan kishidek his qilishi, agar Uni ko’rmayotgan bo’lsa, Alloh uni ko’rib turganini zehniga joylashi lozim. Fasl: Qur’on tilovat qilishni hohlagan kishi og’zini misvok va shunga o’xshash narsalar bilan tozalashi lozim bo’ladi. Misvok arok daraxti shoxidan bo’lishi yaxshiroq. Agar u topilmasa, boshqa narsalar bilan tozalashining zarari yo’qdir. Misvok iste’mol qilinayotganda og’izni o’ng tomonidan boshlash va sunnatni bajarayotganini niyat qilish kerak. Misvok iste’mol qilinayotib: «Allohumma barik liy fiyhi ya arhamar rohimiyn» Ya’ni: «Ey rahm qiluvchilarning Rahmlisi bo’lgan Allohim, unda men uchun baraka qilgin», deb aytadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling