Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Bemorning: «Kasalim qattiq» yoki «Og’rig’im kuchli» yoki «Voy
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
102-bob. Bemorning: «Kasalim qattiq» yoki «Og’rig’im kuchli» yoki «Voy,
boshim», deyishi, g’azablanish va sabrsizlik ko’rinishida bo’lmasa, joizligi haqida 364/1. Abdulloh ibn Ma’sud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirsam, og’riqlari kuchayayotgan ekan. U zotni ushlab turib: «Ey Rasululloh, qattiq og’riyapsizmi?» dedim. «Ha, men sizlardan ikki kishiga beriladigan og’riq bilan kasallanaman», dedilar Nabiy alayhissalom». Buxoriy va Muslim rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 104 365/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Qattiq kasal bo’lib yotganimda, Rasululloh (s.a.v) meni ko’rgani kirdilar. «Ey Rasululloh, ko’rib turganingizdek, badavlat kishiman. Bitta qizimdan boshqa merosxo’rim yo’q», dedim...» Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 366/3. Qosim ibn Muhammaddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.): «Voy, boshim!» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yo’q, mening boshim og’riyapti», dedilar. Hadisning mana shu lafzi mursaldir. Imom Buxoriy rivoyatlari 103-bob. Zarar yetganida o’limni orzu qilishning karohiyati, faqat diniga fitna bo’lishidan qo’rqsagina, uni orzu qilish joizligi 367/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangizga zarar yetsa, o’limni orzu qilmasin. Agar iloji bo’lmasa: «Allohumma ahyiniy ma kanatil hayatu xoyron liy va tavaffaniy iza kanatil vafatu xoyron liy», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, agar mening hayotda yashashim yaxshi bo’lsa, meni tirik qoldir. Agar vafotim yaxshi bo’lsa, meni vafot ettir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 104-bob. Muqaddas shaharlarda o’lishni so’rashning mustahabligi 368/1. Hafsa binti Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Umar (r.a.): «Allohumma urzuqniy shahadatan fiy sabiylika vaj’al mavtiy fiy baladi rosulika sollallohu alayhi vasallam» (Allohim, meni o’zingning yo’lingda shahidlik bilan rizqlantir va rasulingning shahrida vafot topdir), deb duo qildilar. Shunda: «Bu qandoq bo’ladi?» dedim. Umar (r.a.): «Agar Alloh xohlasa, bo’ldiradi», dedilar». Buxoriy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling