Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 «Shafallohu saqomaka va g’ofaro zanbaka va ‘afaka fiy diynika va jismika ila muddati ajalika», dedilar». (Ma’nosi: Alloh senga shifo berib, gunohingni kechirsin. Ajaling kelgunicha jisming va diningni ofiyatda qilsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 361/16. Usmon ibn Affon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men kasal bo’lganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga panoh tilardilar. Bir kuni: «Bismillahir rohmanir rohiym. U’iyzuka billahil ahadis somad, allaziy lam yalid va lam yulad va lam yakullahu kufuvan ahad. Min sharri ma tajidu», deb menga panoh tiladilar. Buni aytib bo’lganlaridan keyin tik turib: «Ey Usmon, mana shu kalimalar bilan panoh tila, boshqasi bilan ulardek panoh tilay olmaysan», dedilar». (Ma’nosi: Yakka, behojat, tug’magan, tug’ilmagan va biror tengi yo’q Alloh nomi ila yetadigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 100-bob. Kasalning oilasiga va unga xizmat qilayotganlarga kasalga yaxshi qarashni va qiyinchiliklarga sabr etishni nasihat qilishning mustahabligi 362/1. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga Juhayna qabilasidan zinodan homilador bo’lgan bir ayol kelib: «Ey Rasululloh, menga had urish lozim bo’lib qoldi. Uni menga qoim qiling», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning voliyini chaqirdilar. «Unga chiroyli muomala qil va homilasini tug’ib bo’lganidan keyin olib kel», dedilar. Xotin tuqqanidan keyin uni keltirishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u ayolning ko’ylagini mahkam bog’lashni, so’ng toshbo’ron qilishni buyurdilar. Bu ishlardan keyin unga janoza namozini o’qidilar. Imom Muslim rivoyatlari 101-bob. Bosh og’rig’i, isitma va boshqa og’riqlarga aytiladigan duo 363/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida: «Bismillahil kabiyr, na’uzu billahil ‘aziym, min sharri ‘irqin na’’ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug’ Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do’zax o’tining yomonidan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling