Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Kasalning ahvolini uning ahli va qarindoshlaridan so’rash hamda
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
98-bob. Kasalning ahvolini uning ahli va qarindoshlaridan so’rash hamda so’ralgan kishining javobi to’g’risida 345/1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotgan edilar. Ali ibn Abu Tolib (r.a.) u zotning huzurlaridan chiqqanlarida, odamlar: «Ey Abul Hasan, Rasulullohning ahvollari qanday?» deb so’rashdi. Shunda Ali (r.a.): «Alhamdu lillah, shifo topgan holda tong ottirdilar», dedilar». Imom Buxoriy rivoyatlari 99-bob. Kasal aytadigan, uning huzurida aytiladigan va o’qiladigan zikrlar haqida 346/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotishda ikki kaftlarini jamlab, so’ng unga suflar va: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini o’qir, ikki kaftlari bilan qodir bo’lganlaricha tanalariga surtar edilar. Surtishni boshlari, yuzlari va tanalarining old tomonidan boshlardilar. Uch marta shunday qilardilar. Shikoyat qilsam, menga ham ana shunday qilishni buyurar edilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari Boshqa bir sahih rivoyatda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotganlaridagi kasalliklarida ham ikkita «Qul a’uzu»ni o’qib, o’zlariga dam solardilar», deyiladi. Oisha (r.a.): «Rasulullohning ahvollari og’irlashganida, ana shularni qo’llariga o’qib suflab, barakali bo’lgani o’z qo’llarini o’zlariga surtar edim», deydilar. 347/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birov bir narsadan – chaqami, jarohatmi – shikoyat qiladigan bo’lsa, ko’rsatgich barmoqlarini yerga qo’yib, so’ngra ko’tarib, quyidagi duoni o’qir edilar: «Bismillahi turbatu arzina biriyqoti ba’zina yushfa bihi saqiymuna biizni robbina». (Ma’nosi: Allohning ismi bilan, yerlarimizning tuprog’i bilan, ba’zilarimizning tupugi bilan Rabbimizning izni ila kasallarimiz shifo topadi.) Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilishgan. 348/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahllaridan ba’zilariga o’ng qo’llarini surtib, panoh tilab, quyidagi duoni o’qirdilar: «Allohumma robban nasi azhibil ba`sa ishfi anta shafiy la shifaa illa shifauka shifaan la yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling