Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
247-bob Agar sohibi aziyat chekmasa, ismni qisqartirish joizligi haqida 745/1. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan bir qanchalarining ismlarini qisqartirib aytganlar. Masalan, Abu Hurayrani (r.a.) «Ya Abo Hirr», deb chaqirganlar. Oisha onamizni «Ya Oish» va Anjishani (r.a.) «Ya Anjash», deb chaqirganlar. Ibn Sunniy kitoblarida kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Usomani (r.a.) «Ya Usaym» va Miqdomni «Ya Qudaym», deb chaqirganlar. 248-bob Sohibi karih ko‘radigan laqabni aytib chaqirishdan man qilingani haqida Alloh taolo Hujurot surasining 11-oyatida «Bir-birlaringizga laqablar Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 201 tashlamanglar», ya’ni ayrimlaringiz ayrimlaringizga yomon laqablar qo‘yib olmanglar, degan. Ulamolar kishi karih ko‘radigan laqab ila atamoq harom ekaniga ittifoq qilishgan. Xoh o‘zidagi ko‘z yoshlanishi, kal, ko‘r, oqsoq, g‘ilay, pes, peshonasida yara izi bo‘lgan, sariq, bukri, kar, ko‘kko‘z, puchuq burunli, labi yorilgan, tishi siniq, surunkali kasallikdan azob chekuvchi, ko‘li kesilgan, nogiron, cho‘loq kabi kamchiliklar bo‘lsin, xoh ota-onasidagi kamchiliklar bo‘lsin, laqab qo‘yish harom sanaladi. Ammo laqabini aytmasa, tanilmaydigan bo‘lsa, bunda joiz, deyishgan. Bunga mashhur dalillar ko‘p bo‘lgani uchun qisqa qilish niyatida zikr qilib o‘tmadim. 249-bob Sohibi yaxshi ko‘radigan laqabni aytib chaqirish joiz ekani haqida Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ismlari Abdulloh ibn Usmon, laqablari Atiq edi. Mana shunga jumhur olimlar, muhaddislar, siyrat va tarix ahllari ittifoq qilishgan. Yana kimlardir Atiq - bu ismlari, deyishgan. Avvalgisi sahihdir. Ammo buning nimaga Atiq deb atalgani haqida ixtilof qilishgan. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr do‘zaxdan Allohning atiqidir, ya’ni ozod qilinganidir», dedilar. Oisha (r.a.): «Mana shu kundan boshlab Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi», dedilar. Mus’ab ibn Zubayr (r.a.) va boshqa qarindoshlari: « Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi, chunki nasablarida aybli biror narsa yo‘q edi», deyishdi. Bulardan yana biri Ali ibn Abu Tolibni Abu Turob, deb laqablashlaridir. Kunyalari esa Abulhasan edi. 746/1. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alini (r.a.) masjidda uxlayotgan holda ko‘rdilar. U kishining ustilarida biroz tuproq bor edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, ey Abu Turob (tuproq otasi), tur, ey Abu Turob», deb aytdilar. Bas, mana shu chiroyli, yaxshi laqabni o‘zlariga xoslab oldilar. 747/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mana shu Abu Turob Alining eng yaxshi ko‘rgan ismlari edi. Bu ism bilan chaqirilishini yaxshi ko‘rardilar», deganlar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 748/3. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xirboq ismli kishini qo‘li uzun bo‘lgani uchun Zulyadayn (ikki ko‘l egasi), deb chaqirdilar. Imom Buxoriy mana shu lafz ila «Al-Birru vassila» kitobining avvalida rivoyat qilganlar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling