Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
261 Muslimning boshqa rivoyatlarida «Va lekin qasd qilsin va rag‘batini oshirsin. Chunki Alloh taologa biror narsada kattalik qilinmasa, uni beradi, dedilar», deyiladi. 958/25. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz duo qilsa, so‘rashda qasd qilsin. Hargiz agar xohlasang, menga ato qilgin, demasin. Chunki Unda qabul qilmaslik yo‘kdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Fasl: Allohning nomi va sifatidan tashqari narsalarda qasam ichish karih ko‘rilgan. Xoh u nabiy, Ka’ba, farishta, omonat, hayot, ruh va bundan boshqa narsalarda bo‘lsa ham. Bulardan karohiyatlisining eng qattig‘i omonat bilan ichilgan qasamdir. 959/26. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh taolo sizlarni ota-bobolaringiz nomi bilan qasam ichishdan man qiladi. Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi bilan ichsin yoki jim tursin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. Boshqa sahih rivoyatda «Kimki qasam ichadigan bo‘lsa, Alloh nomi ila ichsin yoki sukut qilsin», deyilgan. Omonat ila qasam ichishdan qattiq tahdid bilan man qilingan. Bunga quyidagi hadis dalil bo‘ladi: 960/27. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki omonat bilan qasam ichsa, bizdan emas», deb aytdilar. Imom Abu Dovud sahih isnod bilan rivoyat qilganlar. Fasl: Oldi-sotdida agar rost bo‘lsa ham ko‘p qasam ichishning makruhligi: 961/28. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oldi-sotdida qasamni ko‘p ichishdan saqlaninglar. Chunki u molning bozorini chaqqon qiladi, ammo barakasini ketkazadi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. Fasl: Osmondagi kamalakni «Qavsu-quzah» lafzi ila ishlatmoqning makruhligi: 962/29. Abu Nu’aym «Huliyatul avliyo»da Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Kamalakni) «Qavsu-quzah», deb aytmanglar, chunki «quzah» shayton, deganidir. Lekin «Qavsullohi azza va jalla», deb aytinglar. Chunki u yer ahli uchun omonlikdir», dedilar (arablar kamalakni «Qavsu-quzah», deb aytishar edi. Bu hadisda kamalakni «Qavsulloh», deb atashga buyurib «Qavsu-quzah», deb atashdan man qilinyapti. Chunki «Quzah» shayton, degani... - tarj.). Fasl: Kishi biror gunoh ila yoki shunga o‘xshash narsa bilan balolansa, boshqa bir kishiga bu hakda xabar bermog‘i makruhdir. Balki Alloh taologa tavba qilib, o‘sha holatdayoq u gunohdan to‘xtashi, qilgan narsasiga pushaymon bo‘lib, ikkinchi bor ana shunday gunohga qaytmaslikni qasd qilmog‘i lozim. Mana shu uchta shart tavbaning ruknlaridan bo‘lib, ularsiz tavba durust bo‘lmaydi. Shayxiga yoki shunga o‘xshash gunohidan qutulishiga yo‘l ko‘rsatuvchi shaxsga yo ana shu kabi gunohga botishdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling