Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Parvardigor, albatta, men (o’z jonimga) zulm qiluvchilardan bo’ldim
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar
Parvardigor, albatta, men (o’z jonimga) zulm qiluvchilardan bo’ldim. Ibn Sunniy
rivoyatlari Sa’dning rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror musulmon kishi Yunus alayhissalomning baliq qornida Rabblariga qilgan duolari – «La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn»ni aytib, duo qilsa, duosi ijobat bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari 79-bob. Biror narsadan qo’rqqanda aytiladigan zikrlar 315/1. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni biror narsa cho’chitsa: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 92 «Huvalloh, Allohu robbiy la shariyka lah», deb aytardilar. (Ma’nosi: U Allohdir. Alloh mening rabbimdir. Uning sherigi yo’qdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 316/2. Amr ibn Shuayb otalaridan, otalari bobolaridan rivoyat qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror narsadan qo’rqqan kishilarga: «A’uzu bikalimatillahit tammah min g’ozobihi va sharri ‘ibadihi va min hamazatish shayatiyni va an yahzuruni», deb aytishni o’rgatar edilar. (Ma’nosi: Allohning mukammal kalimalari bilan g’azabidan va bandalarining yomonligidan va shayton vasvasa qilib, mening yonimda hozir bo’lishidan panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziylar rivoyati 80-bob. g‘am yoki tashvish yetganida aytiladigan zikrlar 317/1. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimga g’am-tashvish yetsa, ushbu kalimalar bilan duo qilsin, deganlarida, bir kishi: «Ey Rasululloh mana shu kalimalardan bebahra qolgan kishi xasoratdami» dedi, Rasululloh: «Ha», deb javob berdilar. So’ngra , «Bu kalimalarni o’zinglar aytib, boshqalarga ham o’rgatinglar. Kim bir narsa talabida ana shu kalimalarni aytsa, Alloh undan xafalikni ketkazib, xursandchiligini ziyoda qiladi», deb o’sha kalimalarni aytdilar: «Ana ‘abduka, ibnu ‘abdika, ibnu amatika fi qobzotik, nasiyatiy biyadik, mazin fiyya hukmuk, ‘adlun fiyya qozouk, as`aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka av anzaltahu fi kitabika av ‘allamtahu ahadan min xolqika av ista`sarta bihi fiy ‘ilmil g’oybi ‘indaka an taj’alal Qur’ana nuro sodriy va robiy’a qolbiy va jilaa huzniy va zahaba hammiy». (Ma’nosi: Men Sening qulingman, qulingning o’g’liman, cho’ringning zurriyotiman. Kokilim Sening qo’lingda. Hukming mening ustimda joriydir. Sening hukming odildir. O’zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan yoki xalqingdan biror kishiga o’rgatgan yoki g’ayb ilmingda saqlab qo’ygan ismlaring ila so’raymanki, Qur’onni dilimning nuri, qalbimning bahori, mahzunligimni arituvchi va g’amimni ketkizuvchi qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling