Fasl. Tashriq kunlari Minoda aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar.
490/3. Nubayshatulxoyr Huzaliydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Tashriq kunlari yeyish, ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir», dedilar. Imom
Muslim rivoyatlari
Bu kunda zikr ko’paytiriladi. Zikrlarning eng yaxshisi esa, Qur’on tilovat qilishdir. Birinchi
va ikkinchi «jamralar»da tosh otayotganda, Ka’baga yuzlanib, hamd, takbir, tahlil,
tasbih aytib, xuzu’ va xushu’ ila duo qilinadi va Baqara surasini o’qish miqdoricha
turiladi. Ammo uchinchi «jamra»da, ya’ni «jamratul ‘aqoba»da bunday qilinmaydi.
Fasl. Minodan tarqalganda, haj nihoyasiga yetadi. Hajga taalluqli zikrlar qolmaydi. Lekin
hojilar musofir bo’lgani sababli takbir, tahlil, hamd va boshqa musofirga mustahab
zikrlar bilan mashg’ul bo’ladi. Xudo xohlasa, bu to’g’rida kelgusi boblarda to’xtalamiz.
Makkaga kelib, umra qilishni xohlagan kishi, haj bilan umra orasida mushtarak bo’lgan
amallardagi zikrlarni aytadi. U mushtarak amallar ehrom, tavof, sa’y, qurbonlik, soch
oldirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |