Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Safarga azmu qaror qilgandagi zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
168-bob Safarga azmu qaror qilgandagi zikrlar Safarga azmu qaror qilgan kishi quyidagi ishlarni ado etishga harakat etmog‘i lozim: — vasiyat qilishga ehtiyoj sezgan narsasida vasiyat etmoqligi; — va yana shu vasiyatiga guvohlarni jalb qilmoqligi; — o‘zi bilan boshqa kishi orasida bo‘lgan muammosini yechib ketmoqligi; — ota-onasi, ustozlari va o‘ziga yaxshilik qilganlarni rozi qilmoqligi; — va bu safarida yordamni faqat Allohdan talab etmoqligi; Bundan tashqari safarida muhtoj bo‘ladigan narsalarni ham o‘rganishga harakat qilmoqligi lozim. Agar safar qiluvchi kishi g‘oziylik niyatida bo‘lsa, urush, da’vat va o‘lja haqida ma’lumotlarga ega bo‘lmoqligi lozim. Bundan tashqari urushda yengilish haromligi haqida ham bilmoqligi darkor. Agar safar qiluvchi kishi haj yoki umrani niyat qilsa, u haj amallarini o‘rganishi va o‘zi bilan birga shu haqdagi kitoblarni olmoqligi lozim. Shu singari g‘oziy va boshqalar ham kitob olmoqliklari kerak. Agar safar qiluvchi kishi savdogar bo‘lsa, oldi-sotdi ishlarida kerakli nar-salarni bilmoqligi va u savdoda nima qilsa — durust va nima qilsa — botil, nima halolu nima harom, nima mustahabu nima makruh, nima muboh va qaysi narsa boshqasidan afzalligi haqida bilmoqligi zarur. Agar safar qiluvchi kishi insonlardan uzlatta chekingan holda ibodatni iroda etsa, din ishlarida muhtoj bo‘lgan narsalaridan ta’lim olmoqligi kerak. Agar safar qiluvchi kishi ovni iroda qilsa, ov ahllari muhtoj bo‘ladigan narsadan ta’lim Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 145 olib, hayvonlarning va ovning qaysi biri halol va qay biri haromligi hamda uning pok bo‘lishiga nima shart qilingani yoki it, nayza ila o‘ldirilgan narsaning hukmi kabi narsalarni ham o‘rganmog‘i kerak. Agar safar qiluvchi kishi cho‘pon bo‘lsa, yuqorida aytilganidek, ana shu sohada muhtoj bo‘linadigan narsalarni bilmoqligi, hayvonlarga muloyim bo‘lmo-qligi va chorva egasining narsasini muhofaza qilmoqligi, agar tasodifiy holda biror hayvonni so‘yish lozim bo‘lib qolsa, egasining ruxsatini olmoqligi darkor. Agar safar qiladigan kishi bir podshohdan boshqa bir podshohga elchi sifati-da boradigan bo‘lsa, katta mansabdorlar bilan suhbat odoblarini va ular orasidagi muzokaralarga javob qaytarish yo‘llarini, ziyofat va hadyalarning qaysi biri halol-u qaysi biri haromligini bilishi va bundan tashqari ichidagi nar-salarini ustida ham bajarib, aldov, hiyla, nifoq kabi yomon illatlardan chetla-nishi, xiyonatga sabab bo‘ladigan narsalardan uzoq bo‘lishi lozim. Agar safar qiluvchi kishi ikki kishi orasidagi tijoratda ishchi yoki va-kil bo‘lsa, u ham o‘ziga kerakli narsalarni, ya’ni nimani sotish va nimani xarid qilish joiz yoki joiz emas, nimani tasarruf qilish joiz yoki joiz emas, guvohlikda shart qilingan va vojib bo‘lgan narsalar yoki guvohlikda shart qilinmagan va vojib bo‘lmagan narsalar, safardagi joiz yoki joiz bo‘lmagan narsalarni bilmog‘i kerak. Bundan tashqari safar qiluvchi kishi dengiz orqali safar qilishni iroda qilsa, dengizda ketayotganda nima qilsa, joizu nima qilsa, joiz emas — shulardan ham xabardor bo‘lmog‘i kerak. Yuqorida zikr qilingan narsalarning barchasi fiqh kitoblarida batafsil yozilgan. Bu kitobning maqsadi undagi xos zikrlarni bayon qilish bo‘lgani uchun kengroq keltirib o‘tirmadik. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling