Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Safar niyatida uydan chiqishni xohlagandagi zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
169-bob. Safar niyatida uydan chiqishni xohlagandagi zikrlar Uydan chiqishda ikki rakat namoz o‘qimoqlik mustahab amaldir. 519/1. Mut’im ibn Miqdom San’oniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi safarni xohlagan paytida ahliga ikki ra-kat namozdan afzalroq narsani qoldira olmaydi», dedilar. Tabaroniy rivoyati. Mana shu ikki rakatning avvalgi rakatida Fotihadan keyin Kafirunni, ikkinchi rakatida Ixlos surasini o‘qimoqlik mustahab, deyishgan. Ba’zilar avvalgi rakatida Falaqni, ikkinchi rakatida Nosni aytishgan. Agar salom berib namozni tugatsa, «Oyatal kursi»ni o‘qiydi. Ba’zi rivoyatlarda keltirilishicha, «Kimki manzilidan chiqishdan oldin «Oyatal kursi»ni o‘qisa, u qaytib kelguncha karih bo‘lgan narsasi yetmaydi». Ba’zilar «Liilafi quraysh» surasini o‘qish mustahab, deb aytishdi. Abul Hasan al-Qazviniy: «Ana shu sura har bir yomonlikdan saqlovchidir», dedilar. Abu Tohir Jahshaviyh aytadilar: «Safar qilishni xohladim-u, lekin xavfda edim. Qazviniy hazratlarining huzurlariga kirib, duo qilmoqliklarini so‘ra-dim. Shunda u zot so‘zlarini Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 146 boshlanishidayoq: «Kimki safar qilishni xohlasa-yu, dushmandan yoki vahshiy narsadan qo‘rqsa, «Liiylafi quraysh»ni o‘qisin, chunki u har yomonlikdan saqlovchidir», deb aytdilar. Men ana shu surani o‘qidim, hozirgacha hech narsaga duchor bo‘lmadim». Mana shu qiroatlardan forig‘ bo‘lgach, ixlos va muloyimlik ila quyidagi duoni ham o‘qiydi: «Allohumma bika asta’iynu va ‘alayka atavakkalu, Allohumma zallil liy su’uvbata amriy va sahhil ‘alayya mashaqqata safariy varzuqniy minal xay-ri aksara mimma atlubu, vasrif ‘anniy kulla sharrin. Robbish rahliy sadriy va yassirliy amriy. Allohumma inniy astaxfizuka va astavdi’uka nafsiy va diniy va ahliy va aqoribiy va kulla ma an’amta ‘alayya va alayhim bihi min axiratin va dunyo, faxfazno ajma’iyna min kulli suv’in ya kariymu». (Ma’-nosi: «Ey Rabbim, Sendan yordam so‘rayman. Va Senga tavakkalqilaman. Ey Rab-bim, ishimdagi qiyinchiliklarni menga yengilqilgin. Safar mashaqqatini menga yengillashtirgin. Yaxshilikni talab qilganimdan ko‘proq qilib rizqlantirgin. Va har bir yomonlikni mendan ketkazgin. Ey Rabbim, qalbimni ochib, ishlarimni yengillashtirgin. Ey Rabbim, nafsimni, dinimni, ahlimni, qarindoshlarimni va menga-yu ularga dunyo va oxiratda ne’mat qilib bergan har bir narsangni Sening omonating va himoyangda qoldiraman. Ey karamli Zot, bizlarni har xil yomonlik-lardan saqla».) 520/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarni xohlab o‘rinlaridan turadigan bo‘lsalar, «Allohumma ilayka tavajjahtu va bika i’tasamtu, Allohumma ikfiniy ma hammaniy va ma la ahtammu lahu, Allohumma zavvidniy taqvo vag‘firliy zanbiy va vajjihniy lil xoyri aynama tavajjahtu», deb aytardilar. (Ma’nosi: «Ey Rabbim, Senga yuzlanib, Senga iltijo qilaman. Ey Rabbim, meni tashvishga solgan va ahamiyat bermagan narsamdan O’zing kifoya qilgin. Ey Rabbim, taqvo-imni ziyoda qilgin. Va gunohlarimni kechirgin. Qaerda yuzlansam, yaxshilikka yuzlantirgin».) Tabaroniy rivoyati. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling