240-bob Alloh azza va jallaga mahbub bo‘lgan ismlar bayoni
726/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh
azza va jallaga ismlaringizning eng mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
727/2. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bizdan bir kishi o‘g‘il ko‘rganda, uni Qosim deb
ismladi. «Seni Abulqosim, ya’ni Qosimning otasi, deb kunyalamaymiz, sening sha’ning
ulug‘ emas-ku», deganimizda, u kishi Rasulullohga buning xabarini berdi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ug‘lingni Abdurahmon deb ismlagin», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
728/3. Abu Vuhayb Jushamiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «(Farzandlaringizni) payg‘ambarlar ismlari ila nomlanglar. Alloh taologa
ismlarning mahbubi Abdulloh va Abdurahmondir. Eng sodiq ismlar Horis (kasb qiluvchi)
va Hammom (ahamiyat beruvchi), ismlarning eng xunugi Harb (urush) va Murra
(achchiq)lardir», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |