Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar. Muslim rivoyatlari 156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari 157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. – Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda 150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa, tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan. 159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga har namoz so’ngida «Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib: «Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q, deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy rivoyatlari 161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling