Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Bomdod namozidan keyin Allohni zikr qilishga undash
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
50-bob. Bomdod namozidan keyin Allohni zikr qilishga undash Biling, kunduzgi zikr vaqtlarining eng sharaflisi bomdod namozidan keyingi zikrlardir. 165/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bomdod namozini jamoat bilan o’qib, so’ng quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilsa, keyin ikki rak’at nafl namozi o’qisa, xuddi to’la-to’kis haj va umra qilganning savobini olgandek bo’ladi», deb aytdilar. Imom Termiziy rivoyatlari 166/2. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bomdod namozidan so’ng bir gap gapirishidan oldin: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 49 «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu yuhyi va yumiytu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb o’n marta aytsa, u kishiga o’nta yaxshilik yozilib, o’nta yomonlik o’chiriladi va o’nta darajaga ko’tariladi. Shu kunida yomon ko’rgan narsasidan saqlanadi. Shayton unga yaqinlasha olmaydi. Va shu kuni birorta ham gunoh qilishga yo’liqmaydi. Faqat Allohga shirk bundan mustasno». Imom Termiziy rivoyatlari 167/3. Muslim ibn Horis Tamimiyga (r.a.) Rasululloh alayhissalom shivirlab: «Shom namozini o’qib bo’lsang, «Allohumma ajirni minan nar» (Allohim, menga do’zaxdan najot ber), deb yetti marta ayt. Shuni aytgan kechangda vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik yoziladi. Agar ana uni bomdod namozida aytsang va shu kuni vafot etsang, senga do’zaxdan omonlik yoziladi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 168/4. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam subh namozida: «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va ‘amalan mutaqobbalan va rizqon toyyiban», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, qabul bo’luvchi amal, pok rizq so’rayman.) Imom Ahmad, Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 169/5. Suhayb (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bomdod namozidan keyin ikki lablarini qimirlatar edilar. Men: «Ey Rasululloh, bu aytayotgan narsangiz nima?» deb so’radim. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma bika uhavilu va bika usovilu va bika uqotilu», deb aytyapman», dedilar». (Ma’nosi: Allohim, Sening noming bilan harakat qilaman, Sening noming bilan g’olib bo’laman va Sening noming bilan urush qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari Abu Muhammad Bag’aviy «Sharhi sunan»da quyidagilarni keltirganlar. Alqama ibn Qays: «Bizga yetib kelishicha, subh namozidan keyin olim kishi uxlasa, Alloh taologa yer uning ustidan arz qiladi», deb aytdilar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling