Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 va kech kirsa: «Allohumma inniy a’uzu bika minal hammi val hazani va a’uzu bika minal ‘ajzi val kasali va a’uzu bika minal jubni val buxli va a’uzu bika min g’olabatid dayni va qohrir rijal»ni ayt» (Allohim, Sening noming ila g’am-tashvishdan, ojizlik va dangasalikdan, qo’rqoqlik va baxillikdan, qarz ezib qo’yishi va kishilarning qahridan panoh tilayman), deb buyurdilar. Abu Umoma: «So’ng Nabiy sollallohu alayhi vasallamning aytganlariga amal qildim. Alloh mening g’am-g’ussamni ketkazib, qarzdan xalos etdi», deb aytadilar». Abu Dovud rivoyatlari 191/22. Abdulloh ibn Abzodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong ottirsalar: «Asbahna ‘ala fitratil Islam va kalimatil ixlasi va diyni nabiyyina Muhammadin sollallohu alayhi vasallam va millati Ibrohiyma haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Mushrik bo’lmasdan, musulmon holimizda va to’g’ri yo’lda bo’lgan Ibrohim alayhissalomning millatlarida, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning dinlarida, ixlos kalimasi va Islom fitratida tong ottirdik.) Ibn Sunniy rivoyatlari 192/23. Abdulloh ibn Avfo (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otganida: «Asbahna va asbahal mulku lillahi azza va jalla valhamdu lillahi val kibriyau val ‘azomatu lillahi val xolqu val`amru val laylu van naharu va ma sakana fiyhima lillahi ta’ala, Allohummaj’al avvala hazan nahari solahan va avsatahu najahan va axirohu falahan ya arhamarrohimiyn», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Biz ham, butun borliq ham Allohniki bo’lgan holda tong ottirdik. Hamd, kibr, ulug’lik, yaratish, buyurish, kechasi va kunduzi hamda ular orasida turadigan narsalarning barchasi Alloh uchundir. Allohim, bu kunning avvalini isloh, o’rtasini najot, oxirini yutuq qil, ey rahm qiluvchilarning Rahmlisi.) Ibn Sunniy rivoyatlari 193/24. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tong otganida kim uch marta: «A’uzu billahis samiy’ul ‘aliym minash shaytonir rojiym», deb Hashr surasidan uch oyat o’qisa, Alloh taolo unga kech kirgunicha salovot aytib turadigan yetmish ming farishtani vakil qilib qo’yadi. Agar vafot etsa, shahid ketadi». (Ma’nosi: Eshituvchi va biluvchi Allohning nomi ila la’natlangan shaytondan panoh tilayman.) Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 194/25. Muhammad ibn Ibrohim otalaridan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni bir sariyyaga (o’zlari ishtirok etmagan urush) yuboraturib, tongda va kech kirganida: «Afahasibtum annama xolaqnakum ‘abasan» (Sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling