Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
53 «Allohumma ma asbaha biy min ni’matin faminka vahdaka la shariyka lak, lakal hamdu va lakash shukr», desa, kunduzning shukrini ado qilibdi. Kim shu duoni kech kirganida aytsa, kechaning shukrini ado etibdi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men bilan tong ottirgan ne’matlar Sen tomondandir. Sen yakkayu yolg’izdirsan, Sening sheriging yo’q. Senga hamd va shukrlar bo’lsin.) Abu Dovud rivoyatlari 183/14. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagi duolarni kech kirganida va tong otganida hech tark qilmas edilar: «Allohumma inniy as`alukal ‘afiyata fiddunya val axiroh. Allohumma inniy as`alukal ‘afva val ‘afiyata fiy diyniy va dunyaya va ahliy va maliy. Allohummastur ‘avrotiy va amin rav’atiy. Allohummahfazniy min bayni yadayya va min xolfiy va ‘an yamiyniy va ‘an shimaliy va min favqiy va a’uzu bi’azomatika an ug’tala min tahtiy». (Ma’nosi: Allohim, men Sendan dunyo va oxiratda ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, dinimda va dunyoimda, ahlimda va molimda afv va ofiyat so’rayman. Ey Rabbim, avratimni bekit, xavflarimni omonlikka aylantir. Ey Allohim, meni oldimdan, orqamdan, o’ng tomonimdan, chap tomonimdan, ustimdan saqlagin. Ey Rabbim, ostimdan halok qilishingdan Sening azamating ila panoh tilayman.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati. 184/15. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to’shaklariga yotayotganlarida: «Allohumma inniy a’uzu bivajhikal kariym va bikalimatikat tammati min sharri ma anta axizum binasiyatih. Allohumma anta takshiful mag’roma val ma`sama. Allohumma la yuhzamu junduka va la yuxlafu va’duka va la yanfa’u zaljaddi minkal jadd, subhanaka va bihamdik», der edilar. (Ma’nosi: Allohim, karim yuzing ila barcha kalimalaringni o’rtaga qo’yib, peshonasidan ushlashingga sabab bo’luvchi yomonlikdan panoh tilayman. Ey Rabbim, Sen xasorat va gunohlarni fosh qiluvchisan. Ey Rabbim, Sening askarlaring aslo yengilmasdir. Sening va’dang xilof qilinmas. Sening buyukliging oldida boshqa ulug’lik foyda bermas. Senga hamd aytish ila Seni poklayman.) Abu Dovud va Nasoiylar rivoyati 185/16. Abu Ayyoshdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim tong otganida: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», desa, Ismoil alayhisalom bolalaridan qulni ozod qilgan barobarida bo’ladi va unga o’nta yaxshilik yozilib, o’nta yomonligi o’chiriladi hamda darajasi o’n barobar ko’tariladi, kech kirgunicha shaytondan himoya qilinadi. Agar shu kalimalarni kech kirganida aytsa, tonggacha shaytondan himoyada bo’ladi», dedilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 186/17. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz tong otganida: «Asbahna va asbahal mulku lillahi robbil ‘alamiyn. Allohumma as`aluka xoyra hazal yavmi fathahu va nasrohu va nurohu va barokatahu va hudahu va a’uzu bika min sharri |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling