Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
52 shohidni biluvchi Rabbim, Sen har bir narsaning parvardigori va podshohidirsan. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo’q. Nafsimning yomonligidan va shaytonning yomonligiyu hiylasidan Sening noming ila panoh tilayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 178/9. Abu Molik Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir necha sahoba: «Ey Rasululloh, bizga bir kalimani o’rgatingki, biz uni ertalab va kechqurun hamda to’shagimizga yotganimizda aytib yuraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi duoni aytib, unga: «va an naqtarifa su`an ‘ala anfusina av najurrohu ila muslim»ni qo’shib qo’ydilar. (Ma’nosi: Nafsimizga yomonlik bo’lishidan va musulmonning ham yomonlikka giriftor bo’lishidan panoh tilaymiz.) Abu Dovud rivoyatlari 179/10. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror bir banda har tongda va tunda: «Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay`un fil arzi va la fis samai va huvas samiy’ul ‘aliym», deb uch marta aytsa, unga biror narsa zarar bermaydi», dedilar. (Ma’nosi: Shunday Allohning ismi bilan boshlaymanki, Uning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi va biluvchi Zotdir.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 180/11. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kech kirgan paytda: «Roziytu billahi robban va bil Islami diynan va bi Muhammadin sollallohu ‘alayhi vasallama nabiyya», desa, Alloh uni rozi qilishi (berajak ne’matlari bilan) haqiqat bo’ladi», dedilar. Bu hadisni Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar. Lekin Abu Dovud va Nasoiylar Rasulullohga xizmat qilgan bir kishidan keltirgan boshqa rivoyat esa sahihdir. (Ma’nosi: Allohni rabbim, Islomni dinim, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg’ambar deb rozi bo’ldim.) 181/12. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida yoki kech kirganida: «Allohumma inniy asbahtu ushhiduka va ushhidu hamalata ‘arshika va malaikataka va jamiy’a xolqik, annaka anta la ilaha illa anta va anna Muhammadan ‘abduka va rosuluk», deb aytsa, Alloh taolo tanasining to’rtdan birini do’zaxdan xalos qiladi. Kim shuni ikki marta aytsa, Alloh taolo uning yarmini do’zaxdan xalos qiladi. Kim uch marta aytsa, Alloh taolo uning to’rtdan uch qismini do’zaxdan xalos etadi. Kim to’rt marta aytsa, Alloh taolo uni butunlay do’zaxdan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, albatta, men tong ottirdim. Seni va arshingni ko’taruvchi farishtalaringni va hamma xalq qilgan narsalaringni guvoh qilib aytamanki, Sendan boshqa iloh yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Sening bandang va rasulingdir.) Abu Dovud rivoyatlari 182/13. Abdulloh ibn o‘annomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling