Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
behuda yaratdikmi?!) oyatini o’qishni buyurdilar (Mo’minlar surasi, 115-oyat). Biz shu
oyatni o’qiganimizda, g’alaba qilib, g’animatlarni qo’lga kiritar edik». Ibn Sunniy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 56 195/26. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tong otsa va kech kirsa: [Allohumma as`aluka min faj`atil xoyri va a’uzu bika min faj`atish sharr», degan duoni o’qir edilar. (Ma’nosi: Allohim, to’satdan yaxshilik bo’lishini Sendan so’rayman va to’satdan yomonlik bo’lishidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari 196/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom Fotimaga (r.a.): «Vasiyat qilgan narsamni eshitishdan seni nima to’sadi? Har tong va kechqurun: «Ya hayyu ya qoyyumu bika astag’iysu faslih liy sha`niy kullahu va la takilniy ila nafsiy torfata ‘ayn», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo’lgan Zot, Sendan yordam so’rayman. Sha’nimni har bir narsada isloh et va ko’z yumib ochgunchalik muddat ham o’z holimga tashlab qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari 197/28. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bir kishi ofat yetayotganidan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar tong ottirsang: «Bismillahi ‘ala nafsiy va ahliy va maliy», deb ayt, shunda senga biror narsa yetmaydi», deya nasihat qildilar. Haligi kishi shu duoni o’qigan edi, undan ofatlar ko’tarildi». (Ma’nosi: Nafsimda, ahlimda va molimda Sening isming bilan boshlayman.) Ibn Sunniy zaif isnod ila rivoyat qilganlar. 198/29. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong otsa: «Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ‘amalan mutaqobbala», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo’ladigan amal so’rayman.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari 199/30. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tong otganida: «Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ‘afiyatin va satrin faatimma ni’matika ‘alayya va ‘afiyataka va satroka fiddunya val axiroh», deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo’lishni mukammal qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 200/31. Zubayr ibn Avvomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda tong ottirsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Malik va quddus sifatli Allohni poklab yod etinglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Ey xaloyiq, malik va quddus sifatli Allohni poklab yod etinglar, deb bir jarchi jar soladi», deyilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling