Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ha, Miym» dan «ilayhil masiyr»
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 201/32. Buraydadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tongda va kech kirganida: «Robbiyalloh, tavakkaltu ‘alayhi la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym, la ilaha illallohul ‘aliyyul ‘aziym. Ma sha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma», deb aytsa, so’ng vafot etsa, jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Rabbim Allohdir. Unga tavakkal qildim. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning Rabbidir. Ulug’ va oliy Allohdan boshqa iloh yo’q. U xohlagan narsa bo’ladi. U xohlamagan narsa bo’lmaydi. Alloh hamma narsaga qodir ekanini bilaman. Albatta, Alloh hamma narsani ilmi bilan ihota qilgan zotdir.) Ibn Sunniy rivoyatlari 202/33. Anas (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar Abu Zamzamdek bo’lolmaysizlarmi?» dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, Abu Zamzam kim?» deb so’rashdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «U har tong otganida: «Allohumma inniy qod vahabtu nafsiy va ‘irziy lak» (Allohim, men nafsimni, obro’yimni Senga topshirdim), der, biror kishi uni so’ksa, u so’kmas, biror kishi unga zulm qilsa, u zulm qilmas, biror kishi uni ursa, u urmas edi», dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari 203/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har kuni tong otganida va kech kirganida: «Hasbiyallohu la ilaha illa huv, ‘alayhi tavakkaltu va huva robbul ‘arshil ‘aziym» (Alloh menga kifoya qiladi. Undan boshqa iloh yo’q. Unga tavakkal qildim. U ulug’ arshning rabbidir), deb yetti marta aytsa, uning dunyo va oxiratdagi muhim ishlarida Allohning o’zi kifoya qiladi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 204/35. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tong otganida «Ha, Miym»dan «ilayhil masiyr»gacha (o‘ofir surasi, 1--3) va Oyatul kursiyni o’qisa, kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kim u ikkitasini kech kirganida o’qisa, tong otgunicha muhofaza qilinadi», dedilar. Termiziy va Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 205/36. Talq ibn Habibdan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Abu Dardoning (r.a.) oldlariga kelib: «Ey Abu Dardo, uyingiz yonib ketdi», dedi. Abu Dardo esa: «Alloh azza va jalla bunday qilishi mumkin emas. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir nechta kalimani eshitganman. Kim ularni kunduzi aytsa, kech kirgunicha unga biror musibat yetmaydi. Kim ularni kechki payt aytsa, tong otgunicha unga biror musibat yetmaydi, deganlar. U duo quyidagicha: «Allohumma anta robbiy, la ilaha illa anta ‘alayka tavakkaltu va anta robbul ‘arshil ‘aziym. Masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. La havla va la quvvata illa billahi ‘aliyyil ‘aziym. A’lamu annalloha ‘ala kulli shay`in qodiyr va annalloha qod ahato bikulli shay`in ‘ilma. Allohumma inniy a’uzu bika min sharri nafsiy va min sharri kulli dabbatin anta axizun binasiyatiha, inna robbiy ‘ala sirotim mustaqiym». (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan. Sendan boshqa iloh yo’q. Senga tavakkal qildim. Sen ulug’ arsh Rabbidirsan. Sen xohlagan narsa bo’ladi, xohlamaganing bo’lmaydi. Ulug’ va oliy Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Albatta, Alloh har bir narsaga qodir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling