Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra: «Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari 151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozdan forig’ bo’lsalar: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari 153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib, ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari 155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb yuzinchisini «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling