Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Kishining yaqini vafot etganida aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
113-bob. Kishining yaqini vafot etganida aytiladigan zikrlar
385/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalom: «Biror bandaga musibat yetganida: Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 108 «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un, Allohumma ajurniy fiy musiybatiy vaxlufliy xoyrom minha» (Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimda ajr qil va menga undan yaxshirog’ini ber), deb aytsa, Alloh taolo musibatiga ajr berib, undan yaxshisini ato etadi», dedilar. Erim Abu Salama vafot etganida, Rasululloh buyurganlaridek, o’sha duoni aytdim. Alloh taolo erim Abu Salamadan ham yaxshirog’iga – Muhammad alayhissalomning nikohlariga musharraf qildi». Imom Muslim rivoyatlari 386/2. Yana Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlarning birortangizga musibat yetsa: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Allohumma ‘indaka ahtasibu musiybatiy faajurniy fiyha va abdilniy biha xoyrom minha», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qaytuvchimiz. Ey Rabbim, musibatimga seni huzuringdan savob umid qilaman. Menga musibatimda ajr ber va uni undan yaxshirog’iga almashtir.) Abu Dovud rivoyatlari 387/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror bandaning farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi ruhini oldinglarmi?» deydi. «Ha», deb javob berishadi ular. «Qalbining mevasini qabz qildinglarmi?» deydi so’ng. «Ha», deb javob berishadi yana. «Bandam nima dedi?» deb so’raydi Alloh taolo. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (inna lillahi va inna ilayhi roji’un, deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uning hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Termiziy rivoyatlari 388/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh taolo: «Bir mo’min bandaning dunyo ahlidan eng yaqin do’stining ruhini qabz qilsam, u sabr etib, shikoyat qilmasa, Men huzurimda unga jannat degan mukofotni tayyorlab qo’yganman», deb aytdi». Shu ma’nodagi hadis Imom Buxoriydan rivoyat qilingan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling