Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Islomga dushman bo’lgan odamning o’limi xabari yetganida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 116-bob. Mayyitga yig’lash va johiliyat da’volari bilan dod-voylash haromligi haqida
115-bob. Islomga dushman bo’lgan odamning o’limi xabari yetganida
aytiladigan zikr Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 109 390/1. Ibn Mas’ud (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib: «Ey Rasululloh, Alloh taolo Abu Jahlni qatl etdi», dedim, u zot: «Alhamdu lillahillaziy nasoro ‘abdahu va a’azza diynahu», deb aytdilar. (Ma’nosi: Quliga nusrat berib, dinini aziz qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy rivoyatlari 116-bob. Mayyitga yig’lash va johiliyat da’volari bilan dod-voylash haromligi haqida 391/1. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yuziga urib, yoqalarini yirtib, johiliyat da’volari bilan voy-dod qilsa, bizdan emas», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 392/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig’i bilan ovozini baland qiluvchidan, musibat chog’ida sochini qirib tashlovchidan va kiyimlarini yirtuvchidan yiroqdirlar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 393/3. Ummu Atiyya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitga ovoz chiqarib yig’lamaslikka bizdan bay’at oldilar». Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 394/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlarda ikki xislat borki, ular ana shu ikki xislat bilan kufrdadirlar: Nasabini haqorat qilish va mayyitga baland ovoz bilan yig’lash», dedilar. Muslim rivoyatlari 395/5. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’likka baland ovoz bilan yig’lovchini va o’g’rincha quloq tutib, eshituvchini la’natladilar». Abu Dovud rivoyatlari La’natlangan yig’i ovozni baland qo’yib, mayyitning yaxshiliklarini zikr qilib yig’lashdir. Ammo baqirmay, voy-dod qilmay yig’lash harom emas. 396/6. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas’udlar bilan birga Sa’d ibn Ubodani ko’rgani kirdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qarab turib, yig’lab yubordilar. Rasululloh yig’laganlarini ko’rib, qavmdagilar ham yig’lashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eshitmadinglarmi, Alloh ko’z yoshiga va qalbning xafaligiga azoblamaydi. Lekin mana bunga azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar tillarini ko’rsatib». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 397/7. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarining o’g’li vafot etgani xabari kelganida, ko’zlaridan yosh oqdi. Shunda Sa’d: «Ey Rasululloh, bu nimasi?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu Alloh bandalarining qalbiga qilgan rahmatdir», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 398/8. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’g’illari Ibrohim vafot etganida, ko’zlaridan ko’p yosh oqdi. Abdurahmon ibn Avf: «Siz shundoq Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 110 qilyapsizmi, ey Rasululloh?» degan edilar, u zot: «Ey Ibn Avf, bu rahmatdir, -- dedilar. Keyin qo’shib qo’ydilar: -- Ko’z yosh oqizadi. Qalb xafa bo’ladi. Biz esa, Rabbimiz rozi bo’lgan narsani aytamiz. Albatta, biz, ey Ibrohim, sendan ajrab qolganimizga xafamiz». Imom Buxoriy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling