Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Dafndan keyin aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
124-bob. Dafndan keyin aytiladigan zikrlar Mayyitni qabrga qo’yayotgan kishi mayyitning bosh tomoniga uch chimdim tuproq sochib qo’yishi sunnatdir. Ba’zilar: «Birinchi sochishda «Minha xolaqnakum» (Sizlarni undan (tuproqdan) yaratdik), ikkinchi sochishda «Va fiyha nu’iydukum» (Unga yana sizlarni qaytarurmiz), uchinchi sochishda: «Va minha nuxrijukum tarotan uxro» (Sizlari yana bir bor undan chiqarurmiz), deydi», deyishadi. Mayyitni ko’mib bo’lgandan keyin, qabristonda hayvon so’yib, go’shtini tarqatish miqdoricha muddat o’tirish mustahabdir. O’tiruvchilar Qur’on tilovati, mayyit haqqiga duo, va’z-nasihat, solih va yaxshilar hayotidan ibratli so’zlar aytish bilan mashg’ul bo’ladilar. 417/1. Ali (r.a.) aytadilar: «Biz «Baqiy’ul g’arqad»da janozada bo’lganimizda, Rasululloh qo’llarida bir novda olib keldilar va uning uchi bilan chiziq chizib, so’ngra: «Sizlardan bo’lgan kishilarning jannat yoki do’zaxdagi bo’lgan makonlari yozib qo’yilgandir», dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh! Biz unda nomai a’molimizdagi yozilgan narsalarga suyanmaymizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amal qilinglar, zero, har bir kishi xalq qilingan narsasiga muyassar qilingandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyatlari 418/2. Amr ibn Os (r.a.): «Meni dafn qilganlaringdan keyin bir hayvon so’yib, go’shtini taqsimlash miqdoricha fursat qabrim tepasida turinglar. Toki, sizlarning hamrohligingizda Rabbimning elchisiga javob qaytarib olay», dedilar. 419/3. Usmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitni dafn qilganlaridan keyin uning tepasida turdilar va: «Birodaringiz uchun istig’for aytinglar va u sobit turishini so’ranglar, chunki hozir u so’ralyapti», dedilar. Abu Dovud va Bayhaqiy rivoyatlari 420/4. Ibn Umar (r.a.) dafndan keyin qabr ustida Baqara surasining avvalini va oxirini o’qishni yaxshi amal deb bilganlar. Bayhaqiy rivoyatlari Dafndan keyin mayyitga quyidagicha talqin qilishni ulamolar mustahab deyishgan. Ulardan Shayx Nasr Maqdisiy «Tahzib» nomli kitoblarida quyidagilarni keltiradilar: «Agar kishi mayyitni dafn qilib bo’lsa: «Ey falonchi o’g’li falonchi, dunyoga chiqqaningdagi ahdingni va «la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh» shahodatini zikr qil, qiyomat, shak-shubhasiz, qoyim bo’luvchidir, Alloh qabrlardan qayta tiriltiruvchidir. Rabbim Alloh, dinim Islom, payg’ambarim Muhammad Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 115 sollallohu alayhi vasallam, qiblam Ka’ba, yo’lboshchim Qur’on, musulmonlar birodarim, rabbim Allohdan boshqa iloh yo’q. U ulug’ arsh rabbidir», deb aytsin». Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling