Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Mayyitning janozasida o’qiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
120-bob. Mayyitning janozasida o’qiladigan zikrlar
Mayyitga janoza namozini o’qish farzi kifoyadir. Shu singari, uni yuvish, kafanlash, dafn qilish ham farzi kifoyadir. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilishgan. Janoza namozi quyidagicha o’qiladi: Avval «Allohu akbar» deb, ya’ni, takbiri tahrimani aytib quloq qoqadi. So’ng Sano – «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g’oyruk» duosi o’qiladi. So’ngra yana takbir aytadi, ammo qo’lini ko’tarmaydi. Keyin Rasulullohga biror salovotni aytadi. So’ng «Allohu akbar», deb janoza duosini o’qiydi. Janoza duosi: «Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim tirigu o’ligimizni, hoziru g’oyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni mag’firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan bo’lsang, uni Islomda qil, kimimizni o’ldiradigan bo’lsang, uni iymon bilan vafot ettir. Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma.) Agar mayyit yosh bola bo’lsa, quyidagi duoni o’qiydi: «Allohummaj’alhu lahuma farotan vaj’alhu lahuma salafan vaj’alhu lahumo zuhron va saqqil bihi mavaziynahuma va afrig’is sobro ‘ala qulubihima va la taftinnahuma ba’dahu va la tahrimhuma ajrah», so’ng yana «Allohu akbar» deydi va ikki tomonga salom berib, namozni tugatadi. (Ma’nosi: Allohim, bu go’dakni ota-onalari uchun ajr, fazl va zahira qil. U sababli ota-onasining tarozilarini og’ir qil, qalblariga sabr yog’dir. Undan so’ng ularni fitnaga solma, ularni uning ajridan mahrum qilma.) 410/1. Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida Qur’ondan biror narsa o’qishni tayinlamaganlar. 411/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozi o’qiganlaridagi duolarini yodlab oldim, unda: «Allohummag’fir lahu varhamhu va a’fihu va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ mudxolahu vag’silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar», deb aytganlar, o’shanda, hatto men o’sha mayyitning o’rnida bo’lishni orzu qilib qoldim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag’firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do’l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo’lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do’zax azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari 412/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza namozida: «Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana, Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling