Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
117 Jud’on va boshqalarning qissalarini zikr qilganlar. Yuqoridagi hadisda yomonning yomonligi aytilganida, Rasululloh man’ etmadilar, balki «Vojib bo’ldi», dedilar. 429/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha onamizning navbatlaridagi kecha oxirida hamisha Baqiy’ qabristoniga chiqib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va ‘atokum ma tu’adun, g’odan muajjaluna va inna inshaallohu bikum lahiqun, Allohummag’fir liahli baqiy’il g’orqod», deb aytardilar. (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey mo’minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo’lsa ham, sizlarga yo’liqamiz. Ey Rabbim, «Baqiy’ g’arqad» qabristondagilarni mag’firat qil.) Imom Muslim rivoyatlari 430/2. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey Rasululloh, qabrlarni ziyorat qilganimda nimani aytay?» deb so’radim, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Assalamu ‘ala ahlid-diyari minal mu’miniyna val muslimiyn va yarhamullohul mustaqdimiyna minkum va minna valmusta’`xiriyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Ey mo’min va musulmonlardan iborat diyor ahli, sizlarga salom bo’lsin. Alloh sizlardan va bizlardan oldin o’tganlarga va keyin keladiganlarga rahm qilsin. Inshaalloh, biz ham sizlarga yo’liqurmiz.) Imom Muslim rivoyatlari 431/3. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabristonga chiqib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb aytardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo’lsin. Alloh xohlasa, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati 432/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina ahli qabristonidan o’taturib: «Assalamu ‘alaykum ya ahlal qubur, yag’firullohu lana va lakum. Antum salafuna va nahnu bil asar», deb aytdilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari, Alloh bizu sizni mag’firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.) Imom Termiziy rivoyatlari 433/5. Burayda (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) agar qabristonga chiqadigan bo’lsalar: «Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lalahiqun, as`alulloha lana va lakumul ‘afiyah», deb aytishni o’rgatardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar diyori ahli, sizlarga salom bo’lsin. Inshaalloh, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz. O’zimizga va sizlarga ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari Nasoiy va Ibn Mojalarning rivoyatlarida: «Antum lana farotun va nahnu lakum taba’un» lafzi ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Sizlar bizdan oldin o’tdinglar. Bizlar esa sizlarga ergashuvchimiz.) Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 118 434/6. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baqiy’ qabristoniga kelib: «Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyn, antum lana farotun va inna bikum lahiqun, Allohumma la tahrimna ajrohum va la tuzillana ba’dahum», dedilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, mo’minlar qavmi hovlisidagilar. Sizlar bizdan oldin ketdinglar. Bizlar sizlarga qo’shilguvchilarmiz. Allohim, ularning ajridan bizni mahrum qilma va ulardan keyin bizlarni adashtirma.) Ibn Sunniy rivoyatlari Qabrlarni ziyorat etuvchi kishi Qur’on qiroati va zikrlarni ko’paytirib, qabristondagi boshqa musulmonlarni ham duo qilishi mustahabdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling