Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
130-bob. Zolimlar qabri yonida o’tganda, qo’rqib yig’lash, Allohga muhtojlikni
izhor qilish va g’aflatda qolishdan saqlanish xususida 437/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Samud qavmining diyori Hijrga yetganlarida, sahobalariga: «Ana bu azoblanayotganlar yeriga faqat yig’lagan holda kiringlar. Agar yig’lamasanglar, kirmanglar. Ana shunda ularga yetgan narsa sizlarga yetmaydi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 119 MAXSUS NAMOZLARDAGI ZIKRLAR KITOBI 131-bob. Juma kuni va kechasida aytilishi mustahab bo’lgan zikr va duolar Juma kuni va kechasi Qur’on tilovat qilish, zikr, duo, salovot aytish va Kahf surasini o’qish bilan mashg’ul bo’lish mustahab amaldir. 438/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom juma kunini zikr qilaturib: «Unda bir soat bor. Bir musulmon banda namozda qoim bo’lsa va bu (ibodati) ana shu paytga to’g’ri kelib qolsa, Alloh unga so’ragan narsasini beradi», dedilar va u fursat juda oz ekanini qo’llari bilan ko’rsatdilar. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari 439/2. Abu Muso Ash’ariy (r.a.): «U soat imom minbarga o’tirishidan namozini tugatgungacha bo’lgan vaqt», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari Juma kuni Kahf surasini o’qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish to’g’risida mashhur hadislar ko’p bo’lib, hamma bilgani uchun kitob uzayib ketmasin, deya ularni keltirib o’tirmadim. 440/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni tongda bomdod namozidan oldin: «Astag’firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh» (Allohga istig’for aytaman. Tirik va qayyum sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q), deb uch marta aytsa, gunohi agar dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, Alloh taolo kechirib yuboradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 441/4. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juma kuni masjidga kirsalar, eshikning kesakisidan ushlab: «Allohummaj’alniy avjaha man tavajjaha ilayka va aqroba man taqorroba ilayka va afzola man sa`alaka va rog’iba ilayk», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, meni o’zingga yuzlanuvchilarning yuzlanuvchirog’i, yaqin bo’lguvchilarning yaqinrog’i, so’rovchi va rag’bat etguvchilarning afzalrog’i qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari 442/5. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma namozidan keyin «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin nas» suralarini yetti marta o’qisa, Alloh taolo uni keyingi jumagacha yomonlikdan saqlaydi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari Fasl: Juma namozidan keyin Allohni ko’p zikr qilish mustahabdir. Alloh taolo Jum’a surasining 10-oyatida aytadi: Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling