Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


YEMAK VA ICHMAK ZIKRLARI KITOBI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/464
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#244004
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   464
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

YEMAK VA ICHMAK ZIKRLARI KITOBI 
 
192-bob Taom tortilganda aytiladigan duo 
 
556/1. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga taom tortiq etilsa, 
«Allohumma borik lana fiyma rozaqtana vaqina ‘azaban nari, bismillahi», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: «Allohim, bizga rizq qilib bergan narsangni barakali qil, bizlarni do‘zax 
azobidan saqla, Allohning ismi bilan boshlayman».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 
 
 
193-bob Mezbon mehmonga taom tortiq qilganda «englar» yoki shunga 
o‘xshash so‘zlarni aytmog‘i mustahabligi haqida 
 
Bilingki, mezbon mehmonga ovqat tortiq etganida «Bismillah» yoki «olinglar», deyishi 
yoki duo o‘qishi yo yeyishga kirishishligi uchun ochiqcha iboralarni ishlatmoqligi vojib 
emas, mustahab amaldir. Balki ovqatni qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi. Mehmonlar esa lafz 
ila aytmasa ham, ovqat yeyishga kirishishlari mumkin. Ba’zilar esa: «Lafzni ishlatish 
vojib», deb aytishgan. Lekin avvalgi fikrimiz to‘g‘riroqdir. Chunki lafz ila izn berishning 
mustahabligiga sahih hadislar dalolat qilib turibdi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling