Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
157 561/5. Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga ovqat tanovul qilgani o‘tirsak, u zot ko‘llarini uzatmagunlaricha biz uzatmas edik. Bir gal u zot bilan birga taomda bo‘lganimizda, bir qiz kelib, ovqatga qo‘l uzatishga shoshayotganida u zot qo‘lidan ushlab chetga olib qo‘ydilar. Keyin bir a’robiy kelib, u ham uzatmoqchi bo‘lganida Rasululloh uning ham qo‘lidan ushlab, chetga olib qo‘ydilar. So‘ngra u zot: «Albatta shayton Alloh ismi zikr qilinmagan ovqatni o‘ziga halol qilib oladi. U (shayton) ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi. Men uning qo‘lidan tutdim. So‘ngra ovqatni halol qilish uchun bu a’robiy bilan keldi. Uning ham qo‘lidan tutdim. Mening nafsim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u (shayton)ning ko‘li ular ikkovining ko‘li bilan mening kaftimdadir», dedilar. Keyin Alloh ismini zikr qilib, ovqat tanovul qildilar». Imom Muslim rivoyatlari. 562/6. Umayya ibn Maxshiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirgan edilar. Bir kishi ovqat tanovul qilib, oxirgi luqma qolguncha Alloh ismini zikr qilmadi. Qachonki, oxirgi luqmani og‘ziga solayotganida «Bismillahi avvalahu va axirahu» (ya’ni, avvali-yu oxiriga Allohning ismi bilan), deb aytdi. Buni kuzatib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kuldilar, so‘ngra u zot: «Shayton uning ovqatiga sherik bo‘lib tanovul qilayotgan edi. Qachonki, bu kishi Alloh ismini zikr qilganda qornidagini qayt qilib yubordi», dedilar. Abu Dovud va Nasaiy rivoyatlari. Bu hadisning sharhida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kishining «Bismillah»ni tark qilganini ish oxirida bildilar. Agar avvalda bilganlarida jim turmasdan eslatar edilar. 563/7. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalardan oltitasi bilan ovqatlanayotgan edilar. Shunda bir a’robiy kelib, o‘sha ovqatdan ikki luqma bilan hammasini yeb qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u Allohning ismini zikr qilganida, sizlar to‘yar edingiz», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 564/8. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ovqatlanayotganida Alloh ismini zikr qilishni unutsa, ovqatdan forig‘ bo‘lgandan keyin «Qul huvallohu ahad» ni o‘qisin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. Ulamolar taomning avvalida «Bismillah»ni aytish mustahab ekaniga ittifoq qilishgan. Agar avvalida qasddanmi, unutibmi, majburanmi, boshqa sabablarga ko‘ra ojiz bo‘libmi, «Bismillah»ni aytishni tark qilsa, so‘ngra ovqatlanish asnosida esiga tushib qolsa, yuqoridagi hadisga muvofiq «Bismillahi avvalahu oxirahu», deb aytish mustahabdir. Shu singari suv, sut, asal, sho‘rva va boshqa ichimliklarda ham ovqatga «Bismillah» zikr etilur. Ba’zi ulamolarimizning fikrlaricha, «Bismillah»ni balandlatib aytish mustahabdir. Chunki bunda boshqalarni ham ogohlantirib, ularning ergashishlariga targ‘ib bor. Fasl: «Bismillah»ning sifati haqida gapiradigan bo‘lsak, undagi eng afzal lafz «Bismillahir rohmanir rohim», deb aytmoqlikdir. Agar «Bismillah», desa ham sunnat hosil bo‘lib, kifoya qiladi. Buni junub, hayzli ayol va boshqalar ham aytaverishadi. Ovqatlanayotganlarning har biri «Bismillah»ni aytishi lozim bo‘ladi. Agar (ko‘pchilik orasidan) bir kishi aytsa, boshqalarga ham kifoya qiladi. Xuddi salomga alik olish va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling