197-bob Ovqatlanuvchining yeydigan taomini maqtashi haqida
568/1. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ahliyalaridan
nonxo‘rak so‘radilar. Shunda ular: «Bizda faqat sirka bor», deyishdi. Rasululloh uni
keltirishni buyurdilar. Va uni yeya turib: «Muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka,
muncha ham yaxshi bu nonxo‘rak sirka», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari.
198-bob Bir kishi ro‘zador bo‘lsa-yu taom hozirlanib qo‘yilganda aytadigan zikri
569/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar sizlardan biringiz taomga chaqirilsa, unga javob bersin. Agar ro‘zador bo‘lsa, duo
qilsin. Agar og‘zi ochiq bo‘lsa, ovqatidan tanovul qilsin», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
570/2. Ibn Sunniyning rivoyatlarida quyidagicha keltiriladi: «Agar og‘zi ochiq bo‘lsa,
taomdan yesin. Agar ro‘zador bo‘lsa, unga baraka tilab duo qilsin».
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
159
Do'stlaringiz bilan baham: |