200-bob Ovqatlanishda beodoblik qilgan kishini odobga chaqirib, nasihat qilish
xususida
572/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘larida bo‘lganimda qo‘limni laganning
har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng
qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va
Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bilan ovqatlanib, laganning har tomonidan yeyayotganimda, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam menga «Uzingni oldingdan yegin», deb aytdilar», deyiladi.
573/2. Jabala ibn Suhaym (r.a.) rivoyat qilib aytdilar: «Ibn Zubayr bilan birga
(yashaganimizda) bizga ochlik yetdi. So‘ngra rizkdandik. (Yegulik) tanovul
qilayotganimizda, oldimizdan Abdulloh ibn Umar o‘tib: «Bir luqmada ikki xurmo
yemanglar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shunday qilishdan
qaytarganlar. Faqat birodaring izn bersa, joiz, deganlar», deb aytdilar». Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
574/3. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlarida chap qo‘li bilan taom tanovul qildi. U zot: «Ung qo‘lingda yegin»,
dedilar. Haligi kishi: «Bunga qodir emasman», dedi. Rasululloh: «Qodir ham bo‘lmagin,
bundan faqat mutakabbirligi man qildi, xolos», dedilar. Shunda haligi kishi (o‘ng) qo‘lini
og‘ziga ko‘tara olmadi. Imom Muslim rivoyatlari.
Bu sahobaning ismi Busr ibn Ro’iydir. «Sahihi Muslim»ga yozgan sharhimda bu hakda
batafsil to‘xtalganman.
Do'stlaringiz bilan baham: |