Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Uxlash, yuvinish yoxud boshqa ehtiyojlar uchun kiyim yechilganida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
7-bob. Uxlash, yuvinish yoxud boshqa ehtiyojlar uchun kiyim yechilganida
aytiladigan duo 43/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kishi kiyimini yechmoqchi bo’lsa: «Bismillahillaziy la ilaha illa huva», deb aytsin, shu so’z odam bolasi avrati bilan jin ko’zi orasida pardadir», dedilar. (Ma’nosi: Undan boshqa iloh yo’q bo’lgan Allohning ismi bilan.) Ibn Sunniy rivoyatlari 8-bob. Uydan chiqayotganda o’qiladigan duolar 44/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uydan chiqayotib: «Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi. Allohumma inniy a’uzu bika an adilla av udalla av azilla av uzalla av azlima av uzlama av ajhala av yujhala ‘alayya», degan duoni o’qir edilar». (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Ey Rabbim, adashish va adashtirilishdan, toyilish va to-yiltirilishdan, zulm qilish va zulm ko’rishdan, johillik qilish va menga nisbatan johillik qilinishidan Sendan panoh so’rayman.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 45/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim uyidan chiqqanida: «Bismillahi, tavakkaltu ‘alallohi va la havla va la quvvata illa billah» (Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirishg ham, quvvat ham yo’qdir), desa, unga: «Kufiyta va vuqiyta va hudiyta» (Hidoyat qilinding, shaytondan saqlanding va himoya etilding), deyiladi va undan shayton uzoqlashtiriladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Abu Dovudning rivoyatlarida quyidagi so’zlar ziyoda qilingan: «Shayton boshqa bir shaytonga: «Bir kishi hidoyat etilib, sendan himoya qilinibdi. Endi ahvoling qanday bo’ladi?!» deydi». 46/3. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam manzillaridan chiqsalar: «Bismillahi tuklanu ‘alalloh, la havla va la quvvata illa billahi», deb aytar edilar». (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. Allohga tavakkal qildim. Allohdan o’zgada o’zgartirish ham, quvvat ham yo’qdir.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling