www.ziyouz.com kutubxonasi
191
NIKOH ZIKRLARI KITOBI
225-bob Biror ayolga sovchi bo‘lib kelgan kishi aytadigan narsalar haqida
Sovchi bo‘lib keluvchi kishi Allohga hamdu sano, Rasulullohga salavot aytib, so‘ngra
«Ashhadu anla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan
‘abduhu va rosuluhu», deb sizlarning qizingizga rag‘bat qilgan holda yoki falonchi qizi
falonchini so‘rab keldik, deb aytadi.
701/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir kalom, (ba’zi rivoyatlarda) har bir ish Allohga hamd aytish ila boshlanmasa,
bas, u kesikdir», (ya’ni, barakasi ozdir)» dedilar. Abu Dovud , Ibn Moja va boshqalar
rivoyati.
702/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir xutbada tashahhud bo‘lmasa, kesik qo‘lga o‘xshaydi», dedilar. Abu Dovud va
Termiziylar rivoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |