Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
(ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
(ularni) to‘la-to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf qilishni) biladigan
kishiman», dedilar (Yusuf surasi, 55-oyat). Shuayb alayhissalom: «Inshaalloh, sen mening solih kishilardan ekanligimni ko‘rursan», dedilar (Qasos surasi, 27-oyat). 696/1. Imom Buxoriy «Sahih»larida qilgan rivoyatlarida shunday keltiriladi. Usmon (r.a.) qamal qilinganlarida, «Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim qiyinchilikda askarlarni ta’minlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, ularni ta’minladim. Bilmaysizlarmi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Ruvma» qudug‘ini kavlasa, unga jannat bo‘ladi», deganlarida, bas, quduqni kavladim», deb o‘zlarini maqtovga loyiq fazilatlarini zikr qilganlaridan keyin aytgan narsalarini qavm tasdiqlashdi. 697/2. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Ko‘fa ahli bu zot ustidan Umar ibn Xattobga (r.a.) namozni chiroyli o‘qib bermaydi, deb shikoyat qilishganida, Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot qilib, Allohning yo‘lida arablar ichida birinchi nayza otgan kishiman...», deb hadisning qolganini zikr qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 698/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Donni yorgan va nafslarni xalq qilgan Zotga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning menga «Kimki meni yaxshi ko‘rsa, mo‘mindir, meni yomon ko‘rsa, munofiqdir», degan ahdlari bordir», deganlar. Imom Muslim rivoyatlari. 699/4. Abu Voildan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Ibn Mas’ud (r.a.) bizga quyidagicha xutba aytdilar: «Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘izlaridan yetmishtadan ko‘proq sura o‘rgandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalari yaxshilari bo‘lmasam-da, Allohning kitobini biluvchirog‘lari ekanimni bilishadi. Agar mendan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rsam, uning oldiga yetib borardim». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 700/5. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Urmalab kelgan tuya haqida so‘ralganida...», hadisni davom ettirib, «... bilimdonga yo‘liqding», deb hadisning oxirini zikr qildilar. Muslim rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling