Maqtashni muboh qiluvchi hadislar
Sahih hadislarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiqqa
(r.a.) «Ikkitamiz bo‘lsak, uchinchimiz Alloh ekaniga gumoning qanday?» yoki (boshqa
bir hadisda aytilishicha) «Sen izorini mutakabbir niyatida ko‘tarib yuruvchi emassan»,
(yana boshqa bir hadisda keltirilishicha) «Ey Abu Bakr, yig‘lamagin, albatta menga
do‘stligi va molidagi eng ishonchlisi Abu Bakrdir. Agar ummatimdan xalil (do‘st) ushlash
kerak bo‘lganida, Abu Bakrni xalil qilib olardim», (boshqa bir hadisda esa aytilishicha)
«Jannatga kirishda, hamma eshigidan chaqiriluvchilardan bo‘lishingni umid qilaman»,
(yana bir hadisda keltirilishicha) «Unga kirishiga izn berib, jannatga kirishining
xursandlik xabarini ber», (yana boshqa bir hadisda aytilishicha) «Ey Uhud tog‘i, tinchlan,
chunki senda nabiy, siddiq va ikki shahid bor», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannatga kirib, bir qasr ko‘rdim. «Bu qasr
kim uchun?» desam, «Umar uchun», deb aytishdi. Unga kirishni xohladim-u, sening
rashkchi ekaningni eslab qoldim», deganlarida, Umar (r.a.): «Ota-onam fido bo‘lgur, ey
Rasululloh, sizga rashk qilarmidim?» dedilar. Boshqa hadisda keltirilishicha, «Ey Umar,
shayton sening yo‘ling tomon yo‘liqmagan. Agar yo‘liqadigan bo‘lsa ham, sen tomondan
boshqa yoqqa burilib ketgan», dedilar. Boshqa bir hadisda keltirilishicha esa, «Usmonga
(eshikni) ochib, jannatga kirishining xabarini bergin», yana boshqa bir hadisda
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |