Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
209
haligi kishi: «Alloh (yo‘lida) meni sevganing uchun Alloh ham seni yaxshi ko‘rsin», dedi.
Abu Dovud rivoyatlari.
776/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam u
kishining ko‘llaridan ushlab, «Ey Muoz, Allohga qasamki, seni yaxshi ko‘raman. Men
senga
har namoz ketidan
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatika», deb aytib uni tark
qilmasligingni vasiyat qilaman», dedilar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyatlari.
777/4. Yazid ibn Nu’oma Zabbiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kishi boshqa bir kishi bilan do‘stlashsa, uning ismini,
otasining ismini va
qaysi nasabdan ekanini so‘rasin. Chunki shunda do‘stlik bardavomroq bo‘ladi», dedilar.
Termiziy rivoyat qilib,
bu hadisni garib, deganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: