Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
264-bob G‘azab kelganda aytiladigan zikrlar Alloh taolo Oli Imron surasining 134-oyatida «g‘azablarini ichlariga yutadigan» va Fussilat surasining 36-oyatida «Agar sizni shayton tomonidan biron vasvasa yo‘ldan ozdirsa, u holda Alloxdan panoh so‘rang. Zero, U eshitguvchi, bilguvchi Zotdir», deb aytgan. 767/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kurashda kuch bilan yengadigan odam kuchli emas, balki jahli chikqanda gazabini bosib olgan kishi kuchlidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 768/2. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni pahlavon deb hisoblaysizlar?» deganlarida, biz: «Kishilar bellasha olmaydigan Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 208 odamni pahlavon, deymiz», dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday emas, gazab paytida o‘z nafsiga ega bo‘lgan (gazabini bosib olgan) kishi haqiqiy pahlavondir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 769/3. Muoz ibn Anas al-Juhaniydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki gazabini sochishga qodir bo‘la turib, uni ichiga yutsa, Alloh taolo qiyomat kunida xaloyiq boshiga chaqirib, xohlagan hurini tanlash huquqini beradi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 770/4. Sulaymon ibn Suraddan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga o‘tirgan edim, ikki kishi so‘kisha ketdi. Ulardan birining yuzi qizarib, bo‘ynidagi ko‘k tomirlari bo‘rtib chiqdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men bir kalimani bilaman, agar o‘shani aytsa, undan bu holat ketadi. Agar u «A’uvzu billahi minash-shaytonir rojiym», (ya’ni, la’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tilayman) desa, undan mana bu holat ketadi», dedilar. Kishilar o‘sha odamning oldiga borib, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’nati shaytondan Alloh nomi ila panoh tila», deb aytdilar», deyishganida, u kishi: «Nima, menda jinnilik bormi?» dedi». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 771/5. Xuddi mana shu ma’nodagi hadis Abu Dovud va Termiziyning kitoblarida Abdurahmon ibn Abu Laylo Muoz ibn Jabaldan (r.a.) qilgan rivoyatlarida ham bor. Termiziy buni mursal, deganlar. Ya’ni, Abdurahmon Muoz bilan ko‘rishmaganlar. 772/6. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurimga kirdilar. Usha paytda jahlim chiqib turgan edi. Burnimning bir tarafini ushlab tortdilar-da, «Ey Uvaysh (Oisha ismining qisqartmasi), «Allohumma ig‘firliy zanbiy va azhib g‘oyza qalbiy va ajirniy minash shaytoni», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: «Allohim, gunohlarimni kechirib, qalbim g‘azabini ketkaz va shaytondan saqlagin».) Ibn Sunniy rivoyatlari. 773/6. Atiyya ibn Urva as-Sa’diydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta g‘azab shaytondandir. Albatta shayton o‘tdan xalq qilingan. Ut esa suv bilan o‘chiriladi. Agar sizlardan biringiz g‘azablansa, tahorat qilsin», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling