Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
259-bob Yong‘inni ko‘rgan paytda aytiladigan narsalar
757/1. Amr ibn Shu’ayb otasidan, u esa bobosidan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar yong‘inni ko‘rsanglar, takbir aytinglar. Chunki takbir olovni o‘chiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari. Bunga qo‘shib qiyinchilik va ofatlarda o‘qiladigan zikrlar ham aytiladi. 260-bob Majlisdan turgan paytda aytiladigan zikrlar 758/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bir majlisda o‘tirganida shovqin-suron ko‘payib ketsa, majlisdan turishidan oldin Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 206 «Subhanakallohumma va bihamdika ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytsa, ana shu majlisda sodir bo‘lgan gunohlari kechiriladi», dedilar. (Ma’nosi: «Allohim, Senga hamd aytish ila Seni poklab yod etaman. Guvohlik beramanki, Sendan boshqa iloh yo‘q. Senga istig‘for aytib tavba qilaman».) Termiziy rivoyatlari. 759/2. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ishni tugatib, majlisdan turishni xohlasalar, «Subhanakallohumma va bihamdika, ashhadu anla ilaha illa anta astag‘firuka va atubu ilayka», deb aytardilar. Shunda bir kishi: «Ey Allohning rasuli, siz bir so‘z aytdingiz, buni avval aytmagan edingiz», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shu kalimalar majlisda bo‘lgan narsalarga kafforatdir», dedilar. Abu Dovud rivotlari. Imom Hakim ham mana shu hadisni «Mustadrak» kitobida Oisha (r.a.) rivoyatidan sahih musnad ila rivoyat qilganlar. 760/3. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Kimki (Qiyomat kunida) to‘liq o‘lchov ila unga (savobni) o‘lchanishini yaxshi ko‘rsa, majlisning oxirida yoki undan turgan paytda «Subhana robbika robbil izzati ‘amma yasifuvn va salamun ‘alal mursaliyn val hamdu lillahi robbil olamiyn», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: «Qudrat egasi bo‘lmish Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni, har qanday aybu nuqsondan) pokdir. (Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay. Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori -Alloh uchundir.) «Huliyyatul avliyo» kitobida rivoyat qilingan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling