www.ziyouz.com kutubxonasi
205
TURLI ZIKRLAR KITOBI
Bilingki, bu kitobni foydasi katta bo‘lgan duo-zikrlardan tashkil topgan turli boblar ila
to‘ldirdim. Bu duolarda tartib lozim bo‘lmagani uchun tartiblamadim.
257-bob Xursandchilik xabari berilgan paytda Alloh taologa hamdu sano aytish
mahbubligi haqida
Bilingki, biror ne’mat hosil bo‘lganda yoki biror balo-ofat ketganda, Allohga shukr sajdasi
qilmoq va hamdu sano aytmoq mahbub amallardandir. Bunga dalil sifatida mashhur
hadis va asarlar ko‘pdir.
754/1. Amr ibn Maymun uzun kelgan mashvarat haqidagi hadisda Umar ibn Xattobning
(r.a.) o‘limlari haqidagi qilgan rivoyatlarida Umar (r.a.) o‘g‘illari Abdullohni Oishaning
(r.a.) huzurlariga ikki do‘stlari bilan birga dafn etishga izn berishlarini so‘rash uchun
yubordilar. Qachonki, Abdulloh (r.a.) kelgach, Umar (r.a.): «Biror yangilik olib
keldingmi?» deganlarida, Abdulloh (r.a.): «Ey mo‘minlar amiri, siz yaxshi ko‘rgan
narsaning iznini olib keldim», dedilar. Shunda Umar (r.a.): «Alhamdulillah, menga
bundan ko‘ra muhimroq narsa yo‘q», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |