255-bob Kofir, bid’atchi va fosiqni kunyasiz tanilmasa yoki ismini zikr qilib
fitnalanishdan qo‘rqilsa, kunyalash joizligi to‘g‘risida
Alloh taolo Qur’oni karimda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay - halok bo‘lgay!» deb
aytgan. Abu Lahabning asl ismi Abuluzzo bo‘lgan. U kunyasi bilan zikr qilinyapti, chunki
o‘sha kunyasi bilan taniladi. Ba’zilar: «Uzzo butning ismi, bu yerda butning quli, deb
aytish karohiyatli bo‘lgani uchun kunyasi ila zikr qilindi», deyishgan.
753/1. Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani eshak mingan holda jo‘nadilar. (Hadisning davomini hamda
Abdulloh ibn Ubay ibn Salul munofiqning oldidan o‘tganlarini zikr etdilar.) So‘ngra yo‘lda
davom etib, Sa’d ibn Ubodaning oldiga kirdilar. Va: «Ey Sa’d, Abu Hubob, ya’ni Abdulloh
ibn Ubay unday-bunday deganini eshitmadingmi?» deb hadisning qolganini zikr qildilar.
Hadislarda Abu Tolib kunyasi takror bo‘lib keldi. Asl ismlari esa Abdumannof edi. Sahih
rivoyatlarda «Bu Abu Rig‘olning qabri», deb kelgan. Bunga o‘xshashlar ko‘pdir. Endi bu
kunyani keltirishda, zikr qilganimizdek shartlari topilishi kerak. Agar topilmasa, ismga u
kunya ko‘shilmaydi.
Ikki «Sahih» kitobida kelganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohning quli
va rasuli Muhammaddan Xiraqlga», deb yozdilar. Bu maktubda kunyalarini, laqablarini
va Rum podshohi laqabi Qaysarni ham zikr qilmay, faqat ismlarni zikr qildilar. Bunga
o‘xshashlar ham ko‘pdir. Biz g‘ayrimuslimlarga ko‘pollik qilishga buyurilganmiz. Ularning
kunyasini aytib, yumshoq iboralarni ishlatib, muloyimlik qilmaslikka, do‘stlik va ulfatlikni
bildirmaslikka buyurilganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |