249-bob Sohibi yaxshi ko‘radigan laqabni aytib chaqirish joiz ekani haqida
Abu Bakr Siddiqning (r.a.) ismlari Abdulloh ibn Usmon, laqablari Atiq edi. Mana shunga
jumhur olimlar, muhaddislar, siyrat va tarix ahllari ittifoq qilishgan. Yana kimlardir Atiq -
bu ismlari, deyishgan. Avvalgisi sahihdir. Ammo buning nimaga Atiq deb atalgani haqida
ixtilof qilishgan.
Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Abu Bakr
do‘zaxdan Allohning atiqidir, ya’ni ozod qilinganidir», dedilar. Oisha (r.a.): «Mana shu
kundan boshlab Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi», dedilar.
Mus’ab ibn Zubayr (r.a.) va boshqa qarindoshlari: « Abu Bakr (r.a.) Atiq, deb nomlandi,
chunki nasablarida aybli biror narsa yo‘q edi», deyishdi.
Bulardan yana biri Ali ibn Abu Tolibni Abu Turob, deb laqablashlaridir. Kunyalari esa
Abulhasan edi.
746/1. Sahih rivoyatlarda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alini (r.a.)
masjidda uxlayotgan holda ko‘rdilar. U kishining ustilarida biroz tuproq bor edi. Shunda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, ey Abu Turob (tuproq otasi), tur, ey Abu
Turob», deb aytdilar. Bas, mana shu chiroyli, yaxshi laqabni o‘zlariga xoslab oldilar.
747/2. Sahl ibn Sa’ddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Mana shu Abu Turob Alining eng
yaxshi ko‘rgan ismlari edi. Bu ism bilan chaqirilishini yaxshi ko‘rardilar», deganlar. Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
748/3. Sahih rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xirboq ismli
kishini qo‘li uzun bo‘lgani uchun Zulyadayn (ikki ko‘l egasi), deb chaqirdilar. Imom
Buxoriy mana shu lafz ila «Al-Birru vassila» kitobining avvalida rivoyat qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |